Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida


Download 20.36 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi20.36 Kb.
#1393843
Bog'liq
НУТҚ 28.03.2023


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA
MEHNAT YARMARKASI-2023”ga bag‘ishlangan
TADBIR NUTQI

Assalomu alaykum hurmatli tadbir ishtirokchilari!


Jismonan baquvvat, sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilimga ega, dunyoqarashi keng, Vatanimiz ravnaqi uchun bor kuchini ayamaydigan, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hozirgi kunda mehnat bozoriga kirib kelayotgan oliy ta’lim muassasasi talabalarini ishga joylashtirish masalasiga katta e’tibor qaratdilar.
Bugungi kunda yurtimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb oʼzgartirish, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʼyishni maqsad qilgan.
Shu jumladan yurtimizda davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambagʼallikni qisqartirish choralarini koʼrishi ham mustahkamlanmoqda.
Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda ragʼbatlantirishi qayd qilinmoqda.
Bu yangi norma 43-moddasi ish bilan taʼminlanmagan fuqarolarni kambagʼallik holatiga tushib qolishining oldi olishga yoki kambagʼallik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish boʼyicha davlat tomonidan tegishli choralar koʼrilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.
Konstitutsiyada bolaning sogʼligʼiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, uning taʼlim olishiga toʼsqinlik qiluvchi bolalar mehnatining har qanday shakllari taqiqlanishi belgilanmoqda. Shukrki, bugungi Oʼzbekistonda uzoq yillar yurtimizning xalqaro imidjiga salbiy taʼsir qilib kelgan majburiy mehnatga barham berildi.
Institutimiz tashkil topganiga qariyb to‘rt yil bo‘ganligiga qaramasdan ulkan yutiqlarga erishilmoqda. Albatta bu yutuqlar zamirida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar dyesak mubolag‘a bo‘maydi.
Bugungi kunda institutimizda Institutimizda kunduzgi ta’lim shaklida 3520 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 3112 nafar, magistratura yo‘nalishida 242 nafar, kechki ta’lim shaklida 246 nafar, jami 7120 nafar talabalar ta’lim olmoqda. Shundan chin yetim 18 nafar, temir daftarga kiritilgan talabalar 25 nafar, nogironligi bor talabalar 60 nafar, ota yoki onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar esa 120 nafarni tashkil etadi.
Talaba-yoshlarni ish bilan band qilish maqsadida institutimizda 49 nafar, turli muassasa, tashkilot va korxonalarda 375 nafar talabalar ish bilan ta’minlangan.
Yoshlar muammolari, xususan, ularning ish bilan bandligini ta’minlash bugungi kunda har doimgidan-da muhim hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlarimiz bugungi kunda ham ta’lim olish va ishlash imkoniyatlariga ega. Shuningdek, institutimizda ishlashga ehtiyoji bor talabalar 651 nafarni tashkil etmoqda.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari! Siz-u bizga ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan kadrlarga bog‘liq.
Jumladan, bizning zimmamizda viloyatimizning barcha tuman-shahar va qishloq-ovullarida bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish va bo‘sh ish o‘rinlariga tajribali, bilimli yosh avlodni jalb qilish kabi mas’uliyatli vazifa turibdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o‘tkaziladigan bugungi “Mehnat yarmarkasi”da jami 92 ta ish beruvchi tashkilot va korxonalar ishtirok etishdi.
Shu jumladan Denov tumanida 257 ta bo‘sh ish o‘rinlari, Sho‘rchi tumanida 167 ta bo‘sh ish o‘rinlari, Oltinsoy tumanida 200 ta bo‘sh ish o‘rinlari, Uzun tumanida 497 ta bo‘sh ish o‘rinlari, Sariosiyo tumanida
359 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Albatta bugungi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi orqali hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro 1480dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlariga uzviy hamkorlik shartnomalari tuziladi.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari! Bugungi bo‘sh ish o‘rinlari yaratish va jalb qilish yarmarkasi ishlarida barchangizga omad tilayman.


E’tiborlaringiz uchun rahmar!
Download 20.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling