Pedagogik kouching – innovatsion fikrlaydigan pedagoglarni tayyorlash shakli Pedagogik kouching – innovatsion fikrlaydigan pedagoglarni tayyorlash hakli


Download 20.25 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1258026
Bog'liq
Pedagogik kouching


Pedagogik kouching – innovatsion fikrlaydigan pedagoglarni tayyorlash shakli
Pedagogik kouching – innovatsion fikrlaydigan pedagoglarni tayyorlash hakli
Kouching – bu ta’limning ma’nosini tushunishga yordam beradigan, mashg’ulotlarni yaratadigan, motivatsiyani oshiradigan va natijalar uchun javobgarlikni oshiradigan zamonaviy pedagogik hamkorlik usuli.
Koucher – bu pedagogni yangi bosqichga ko’taradigan va kerakli maqsadlarga erishishda yordam beradigan shaxs.
Pedagogik couching ingliz tilidan olingan bo‘lib, eng samarali natijani olish uchun birgalikdagi ijtimoiy, shaxsiy va ijodiy salohiyatni amalga oshirish tizimidir. Kouching uslubi – bu pedagoglarni tashkilotning ulkan manbai sifatida qarashidir, bu yerda har bir xodim individual, betakror, tanlov qilishga, mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga va qaror qabul qilishga qodir.
“Pedagogik koucung” pedagoglarning shaxsiy va kommunikativ rivojlanish tartibini belgilaydi.
“Pedagogik-kouching” hamkorligi ularning asosiy ishlariga nafaqat zarar yetkazmasligi balki, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlariga ko’maklashadigan sifatli va innovatsion tashkil etishda zarur va muhim asoslaridan biri bo’lishi kerak. “Pedagogik kouching” hamkorligi tuman maktabgacha ta’lim bo’limining maktabgacha ta’lim bo’yicha yosh va malakali uslubchilari bilan hamkorlikda ishlash, maktabgacha ta’lim tashkilotida turli malaka va mehnat stajiga ega direktor va pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash turidir.
Bunda yosh mutaxassis reja asosida o’z malakasini oshiradi. Yetakchi mutaxassis, yuqori malakali o’qitish va tarbiyalash uslubini chuqur biluvchi axloqiy sifatlarga ega bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va pedagoglari bo’lishi mumkin.
“Pedagogik kouching”ning maqsadi:
– Pedagog mutaxassislarning bilim va malakalarni qiziqish bilan egallashga, faol va ongli ravishda o’rganishga, bilim va konikmalarni rivojlantirishga, potensialini maksimal darajada oshirishga yordam beradigan faoliyat;
– Tuman maktabgacha ta’lim bo’limining sho’ba mudirlari,uslubchilari, MTT direktorlari va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda MTTlarda pedagog xodimlarning salohiyati va negizini shakllantirish.
“Pedagogik kouching”ning vazifalari:
– Mutaxassislarning o’z qobiliyatlariga bo’lgan ishonchini saqlab qolish, o’z-o’zini munosib baholashni shakllantirish;
– Pedagog-mutaxassislarga kasbini to’laqonli egallash, sohaga oid zarur tajriba va mahoratni shakllantirish;
– Ta’lim va tarbiyaning zamonaviy usul va uslublarini o’rgatish orqali o’z lavozim majburiyatlarini to’laqonli bajara olish uchun zamin yaratish;
– O’z kasbining ustasi sifatida shakllanishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berish;
– Yuqori natijalarga erishishga yordam beradigan ta’lim jarayoni sub’yektlari bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish;
– Mehnat jamoasiga moslashtirish va ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomalariga rioya qilish tushunchalarini berish.
Pedagoglarning bolalar, ota-onalar va hamkasblar bilan samarali ta’sir o’tkazish sohasidagi qobiliyatini rivojlantirishga imkon berish;
– Pedagoglarni pedagogik faoliyatini tashkil qilishda yuzaga kelgan muammolarni adekvat yechimiga olib chiqishga imkon berish;
– Nazariy asoslangan vosita, usul va tashkiliy ishlar shaklini to’gri tashkillashtirish;
– Pedagogik vazifalarni belgilash, shakllantirish, modellashtirish va ularning ijrosini ta’minlashga sharoit yaratish;
– Pedagoglarni yuksak axloqiy tamoyillar asosida, o’z vazifa va majburiyatlarini bajarishda vijdonan va mas’uliyat bilan yondoshish, huquq va vakolatlarini to’g’ri anglab yetish, burch hamda kasbga hurmat ruhida tarbiyalash;
Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling