O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi


Download 76 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi76 Kb.
#1569817
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’quvchi yoshlarni bosqichlarining mazmuni kuzatish diagnostik suhbatlar


O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi”




Reja:

Kirish

1. Yoshlarni kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari.
2. Kasbga yo’naltirish ishining pedagogik asoslari.
3. Kasbga yo’naltirish ishining maktab tizimi.
4. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda maktab ma’muriyatining o’rni
4. Kasbga yo’naltirishning tarbiyaviy yo’nalishlari.
5O’quv muassasasidan tashqari tashkilotlarga sayohatlarni tashkil qilish.
Xulosa
Adabiyotlar

KIRISH

Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chuniki, milliy kadrlar tayyorlash va ularnini har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o‘qituvchi –pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.


Ma’lumki, ta’lim-tarbiyada boshlang‘ich sinflar ta’limi alohida bosqich bo‘lib, bu davr bola shaxsini eng jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Chunki 5-6 yoshdagi 10-11 yoshgacha bo‘lgan davrda bola shaxsi yetuklik va o‘smirlik davriga zamin yaratadi. Ayni shu davr bola shaxsining ko‘rish, kuzatish, idrok etish, tassavur va tafakkur qilishga o‘rganish jarayonidagi eng shiddatli bosqich bo‘ladi. Shu boisdan ham boshlang‘ich sinq o‘qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika o‘quv yurtlari o‘quv rejalari va dasturlarining bugungi kun talabi darajasida bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
Bugungi kunda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga o‘z ihtisosliklari bo‘yicha, chuqur bilim berish, pedagogik kadrlarning bilim va malakasiga bog‘liq. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish davr talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlardan, ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarini qo‘llash zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchilar ongida shakllantirish , o‘z kasbiga fidoyi bo‘lish va malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish talab etiladi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari sifatida maktab ta’lim tizimini tubdan yangilash; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‘quv-moddiy bazasi va ta’lim standartlarini shakllantirish; Yashash joyidan qat’iy nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlararini bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni ta’lim olishi uchun tinch shart - sharoitlar yaratish; o‘qituvchilarning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish belgilab berilgan (modernizatsiya)
Maktablarda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini o‘zlashtirish, amaliy malaka va mahoratlarini shakllantirish, mustaqil va aqliy faoliyatga tayyorlashdagi o‘rnini hisobga olib, bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini « O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi» mavzucini o’qitish texnologiyasi deb nomladik.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti:
Kasb –hunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Mehnat ta’limi” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiqiga asoslangan o‘qitish tamoyillari va metodlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonidir.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti:
“Mehnat ta’limi” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yo‘llariga bag‘ishlangan o‘quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari.
Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi –kasb-hunar kollеjlari va maktablarda zamonaviy ta'lim tеxnologiyalaridan foydalanish va bu orqali o’quv jarayonini takomillashtirish hamda o’qitishda samaradorlikka erishish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Yuqorida zikr qilinganlarga asosan, O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi mavzusini o’qitish texnologiyasini ishlab chiqish hamda bu texnologiyani mehnat ta’limi darslarida qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalarni berish dolzarb masalalardan hisoblanib, muhim amaliy ahamiyatga egadir.
-Yoshlarni kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari haqida ma’lumot to’plash;
- Kasbga yo’naltirish ishining pedagogic asoslari haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Kasbga yo’naltirish ishining maktab tizimi haqida ma’lumot to’plash;
- O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda maktab ma’muriyatining o’rni haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Kasbga yo’naltirishning tarbiyaviy yo’nalishlari haqida ma’lumot to’plash;
- O’quv muassasasidan tashqari tashkilotlarga sayohatlarni tashkil qilish haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Kasbga yo’naltirishning ijtimoiy va psihofiziologik asoslarini taxlil qilish ;
-Talabalarni kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorlashning mazmuni aniqlash;

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling