O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi


O‘quv muassasasi rahbarining kasb tanlashni tashkil etishi


Download 76 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi76 Kb.
#1569817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’quvchi yoshlarni bosqichlarining mazmuni kuzatish diagnostik suhbatlar

O‘quv muassasasi rahbarining kasb tanlashni tashkil etishi.
Kasbga yo‘naltirish ishini amalga oshirshning umumiy tizimida (sistemasida) maktab tizimi dastlabki bosqich hisoblanadi.
Kasbga yo‘naltirish ishi jarayonida maktab tizimining vazifalari:
1. Shaxsning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalashdan;
2. Boshlang‘ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini egallagan bo‘lg‘usi malakali o‘quvchilarni tayyorlashdan;
3. Ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muayyan tashkilotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat.
Maktabda kasbga yo‘naltirish sohasidagi hamma ishlarning bir-biriga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida o‘quv muassasasi rahbari (maktab direktori) raisligida kasbga yo‘naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tarkibiga:

  • maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini;

  • maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini;

  • kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-uslubiy (metodik) xona mudiri;

  • mehnat ta’limi, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yoki tashkilotchi;

  • bitiruvchi sinflarning sinf rahbari;

  • maktab psixologi;

  • maktab kutubxonachisi;

  • maktab o‘quvchilar tashqilotining vakillari;

  • maktab vrachi;

  • ota-onalar qo‘mitasining a’zolari;

  • turli xil korxona va tashqilot vakillari kiradi.

Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning ish rejasini xalq ta’limi bo‘yicha maktab kengashi ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning vazifalari:
1. Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maktab va sinflarning tadbirlarini rejalashtirish va tashqil qilishdan;
2. Kasbga yo‘naltirish ishiga oid ilg‘or tajriba ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengash tuman xokimligining ma’naviy-ma’rifiy ishlari o‘rinbosari xuzuridagi “Yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ishga joylashtirish” qo‘mitasi, o‘quv yurtlari (kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar), turli xil korxona va tashqilotlar, o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab turadi.
Kasbga yo‘naltirish ishini rejalashtirilgan chog‘da kengash maxalliy sharoitlarni va maktab ishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Kengashning kasbga yo‘naltirish ish rejasi maktab ta’lim-tarbiya ishi umummaktab rejasining tarkibiy qismidir.
Kasbga yo‘naltirish kengashining majlislariga, tuman maktablariaro muassasalar, korxonalar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlarining vakillari, balog‘atga yetmaganlar ishi bo‘yicha shug‘ullanuvchi komissiya a’zolari, mehnat resurslaridan foydalanish bo‘limlarining vakillari taklif qilinadilar.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishini o‘tkazgan chog‘da maktab xodimlari va maktab ma’muriyatining vazifalari

  • o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid yo‘riqnomalar;

  • qarorlarni;

  • ilmiy-uslubiy adabiyotlarni;

  • chiqarilgan uslubiy tavsiyanomalarni o‘rganishdan va o‘z ishlarida foydalanishdan iborat.


Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling