O’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi


O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash


Download 76 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi76 Kb.
#1569817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’quvchi yoshlarni bosqichlarining mazmuni kuzatish diagnostik suhbatlar

O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash- butun pedagoglar jamoasining, ona-onalar va zavod jamoatchiligining ko‘p yillik ta’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni ma’naviy-psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni xar tomonlama kamol toptirishning o‘zaro bog‘liq jarayoni deb karaladi, bu jarayonda qobiliyat va e’tikod bilan birga o‘smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab yoshlari boshlangich ishlab chiqarishga tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi ishchi kasblarini egallashga yo‘naltirishning xal kiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk boskichda amalga oshirilgan takdirda bunga erishiladi.
O‘rta va yuqori bosqich ta’limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki o‘quvchilar muntazam prinsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bo‘yicha ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni, kunikma va malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta’minlaydi
Ta`lim va kasbga yo‘naltirish bilan qo‘shilgan unumli mehnatda muntazam qatnashish eng ko‘p pedagogik samara beradi.
O‘rta maktablarni tamomlab yoki hunar-texnika ta’limi sistemasida, o‘kuv kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan o‘tib, xalq xujaliginiig turli tarmoqlarida darhol ishlay boshlagan yigitlarning soni yil sayin ko‘payib bormokda.
Maktabda kasbga yo‘naltirish soxasidagi hamma ishlarning bir-biriga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga yo‘naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tartibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini, kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta’limi, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yeki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning sinf raxbari, maktab kutubxonachisi, maktab o‘quvchilar tashkilotining vakillari, maktab vrachi, ota-onalar qo‘mitasining a’zolari, bazaviy korxona vakillari kiradi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning ish rejasini xalq maorifi buyicha maktab kengashi ko‘rib chikadi va tasdiklaydi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashtirish va tashqil qilishdan, kasbga yo‘naltirish ishiga oid ilg’or tajriba ma’lumotlarini yig’ish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat Kasbga yo‘naltiruvchi kengash rayon maktablar-aro o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, xalq deputatlari rayon Kengashi ijroiya komiteti xuzuridagi yoshlarni kasbga io’naltirish va ishga joylashtirish komissiyasi, hunar-texnika ta’limi sistemasidagi o‘quv yurtlari, bazaviy korxonalar va tashkilotlar, o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog’lab turadi.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling