Urgency tumani 18-son umumta'lim maktabi direktor xuzurida navbatdan tashqari yig`ilishi
Bayonnomasi
2023 yil __-______ Yuqoribog` qishlog`i
Qatnashdilar; Rais – Sh.Palvanova
Rahbar xodimlari va sinf rahbarlari jami 30 nafar.
Kun tartibi:
1. Viloyat boshqarmasining 2022-yil 2-dekabrdagi 02/7-13-2163 -sonli xatiga asosan Vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xati bilan rahbar xodimlari va sinf rahbarlari tanishtirilganligi to‘g‘risida.
Yig‘ilish raisi, maktab direktori Sh.Palvanova Vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xati Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsional va huqukiy asoslarini tubdan takomillashtirish, xususan, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 avgustdagi PF-6275-sonli “Bola huquqlarining kafolatlaripi taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 iyuldagi “Bolalar masalalari boʼyicha milliy komissiya toʼgʼrisidagi nizomni va bolalar masalalari boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʼgʼrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 363-sonli qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida gapirdi.
Yig`ilish davomida O`IBDO` M.Radjapova so`zga chiqdi: “Ushbu qarorning 3-bob 45-bandiga muvofiq tuman (shahar) komissiyasi “Bolalarni respublika oʼquv-tarbiya muassasalarida hamda yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalar uchun moʼljallangan taʼlim muassasalarida saqlash, tarbiyalash va taʼlim olish sharoitlari, bolalarning istiqomat joylarida madaniy dam olishlari uyushtirilishi, shuningdek, zarur hollarda, umumtaʼlim maktablarida, boshqa taʼlim muassasalarida, madaniy-maʼrifiy muassasalar va sport tashkilotlarida bolalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishi yuzasidan nazoratni”, hamda “Bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʼtkazish munosabati bilan umumiy oʼrta, oʼrta maxsus va professional taʼlim muassasasidan chiqarish faqat taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan” amalga oshirishi belgilangan. Yuqoridagilarni inobatga olib taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va xorijiy davlatlarda taʼlim olishini davom ettirish istagini bildirgan voyaga yetmaganlarning taʼlim muassasasidan chiqarish masalasini tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi aytib o`tilgan. Kelajakda taʼlim muassasasida oʼquvchining qayerdaligi haqida 3 kun muddat ichida aniqlik kiritib tuman (shahar) komissiyasiga yozma xabar berilmagan taqdirda, masʼuliyat taʼlim muassasasining rahbari zimmasida ekanligini maʼlum qilingan. Shu sababli har bir sinf rahbari o`quvchilarning ota-onalari bilan muntazam hamkorlikda ish olib borishi, kundalik davomatni yuritishi, sababsiz dars qoldirgan o`quvchilarni aniqlab maktab ma’muriyatiga hisobot berishi zarur.”
”
Shunga ko‘ra, kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib yig‘ilish qaror qiladi:
Vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xati yuzasidan maktab direktori Sh.Palvanova hamda O`IBDO` M.Radjapovalarning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xatiga asosan o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishi yuzasidan olib borilgan ishlar rahbar xodimlari tomonidan qat’iy nazoratga olinsin.
Ushbu yig`ilish qarorining ijrosini o`z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: Sh .Palvanova
Do'stlaringiz bilan baham: |