o‘zi, zamondoshlari haqidagi kuzatishlari, falsafiy mulo-
hazalari o‘z ifodasini topgan.
Olam siri to hanuz yechilmay keladi,
Bu bebaho dur hamon teshilmay keladi.
Har bir kishi aqli boricha so‘z aytar,
Haq mohiyati, lekin ochilmay keladi1.
ABUSAID ABULXAYR
( 9 6 7 - 1 0 4 9 )
Abu Fazlulloh ibn Abulxayr Muhammad ibn Ahmad
Mehnaviy 967-yili Xurosondagi Xovaron viloyatining
Sharqda mashhur Mehna qishlog‘ida tug‘iladi. Uning
so‘fiylik yo‘liga kirishiga otasi sabab bo‘lgan. Asli kasbi
attorlik ekaniga qaramay, Abulxayr tasawuf ahlini do‘st
tutar va uyida so‘fiyona majlislar uyushtirar edi. Bunday
majlislar ularning doimiy ishtirokchisi boigan Abusaidni
Haq oshig‘iga aylantiradi.
Zehni o ‘tkir va tirishqoq Abusaid 11 yoshidayoq
xushovoz hofizi Qur’on, zukko she’r muxlisi sifatida tilga
tushadi. U Q ur’on hofizligini Xurosonning mashhur
qorilaridan Abu Muhammad Enoziy, kalom ilmini esa
mufti va adib Abusaid Enoziydan o‘rganadi. U 30 ming
bayt arabcha she’mi yod bilar, o'qigan kitoblarini sharhlab
va tushuntirib berishda tengi yo‘q edi. Keyin Marvga borib,
Abu Abdullo Hazriy huzurida arab tili va islom asoslari-
dan tahsil oladi. Uning vafotidan so‘ng Abu Bakr Qaffol
yonida besh yil davomida fiqhni o‘rganadi. Shu davrda she’r
yozishni ham boshlaydi. 22 yoshida Marvda Abu Ali
Shabuiy qo‘lida «Sahihi Buxoriy»ni2 xatm qiladi. 30 yoshida
Do'stlaringiz bilan baham: