Qatrada quyosh aksi


Abulhasan  Ali  ibn  Ismoil  asos  solgan.  Ularning  dunyoqarashida  aql


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

Abulhasan  Ali  ibn  Ismoil  asos  solgan.  Ularning  dunyoqarashida  aql 

diniy an’ana —  naqldan  ustun  q o‘yiladi  (Qarang:  Islom.  Ensiklopediya. 

35-bet).

28



Shayxulislom  unvoniga  sazovor  bo‘lgan  Ansoriy  al- 

Hiraviy umrining oxirida ko‘z nuridan ajrab,  Hirotda vafot 

etgan.  Yusuf  al-Hamadoniy  Ansoriy  al-Hiraviyning  eng 

buyuk  izdoshlaridan  sanalib,  yassaviylik  va  xojagon 

tariqatlari  mana shu zotga bo rib taqalgan»1.

Abdulloh Ansoriyning arab va fors-tojik tillarida ko‘plab 

asarlari  mavjud:  «Munojot»,  «Risolayi  dil-u jon»  («Dil  va 

jon haqida risola»), «Ganjnoma»,  «Qalandarnoma»,  «Kanz 

ul-solikin»  («Soliklar  xazinasi»),  «Zod  ul-musofírin» 

(«Sayr  qiluvchilarning  y o i  ozig‘i»),  «Haft  hisor»  («Yetti 

qal’a»),  «Sad  maydon»  («Yuz  maydon»  (maqom  ma’no- 

sida),  «Nosoyeh»  («Nasihatlar»),  «M uhabbatnoma», 

«Tabaqot  us-so‘fiya»  («Tasawuf  maqomlari»),  «Manozil 

us-soyirin»  («Sayr  qiluvchilarning  manzillari»)  va  bosh- 

qalar.  Arab  tilida  6  ming  baytdan  ziyod  she’r  yozgan, 

qator  risolalar yaratgan.  Jumladan,  Abubakr  Muhammad 

Kalobodiy  Buxoriyning tasawufga oid  mashhur «Taarruf» 

(«Tanishuv»)  nomli  asariga  sharh  yozgan.  Nasriy  asarlari 

ichida kelgan 2000 ta ruboiyni unga nisbat beradilar.  Bun- 

dan  tashqari,  g‘azal,  qit’a va boshqa janrlarda ham  qalam 

tebratgan.

0 ‘zidan  keyingi  fors-tojik  adabiyotiga  kuchli  ta ’sir 

ko‘rsatgan:  didaktik  dostonchilik,  saj’li  nasr va  tasawufiy 

she’riyatning shakllanishi va taraqqiyotini uning nomi bilan 

bog‘laydilar.  Yusuf va Zulayxo  qissasini  «Anis  ul-muridin 

va  shams  ul-majolis»  («M uridlar  d o ‘sti  va  majlislar 

quyoshi»)  nomi  bilan  nasrga  solgan  hamda  14  majlisdan 

iborat  mazkur  asarida  tasawuf ramzlarini  badiiy  shaklda 

dostonning  asosiy  obrazlari  vositasida  bayon  qilgan.  Bu 

yo‘l  keyinchalik  Hakim  Sanoiy  va  Nosir  Xisrav  kabi 

zabardast so‘z san’atkorlari tomonidan muvaffaqiyat bilan 

davom ettirildi2.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling