Qatrada quyosh aksi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
UMAR XAYYOM
( 1 0 4 8 - 1 1 2 3 ) Buyuk m atem atik, munajjim, faylasuf, hakim va m utafakkir shoir sifatida dong taratgan G ‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Nisho- purda chodir (xayma) tikuvchi kosib oilasida tug‘iladi (uning taxallusi ham otasi shug‘ullangan kasb nomidan olingan: Xayyom — ch o d ir yasovchi usta, chodir tikuvchi, chodirchi). Yoshligida Balxga kelib, o‘sha davming taniqli ulamolaridan Muhammad Mansur qo‘lida tahsil oladi. Saljuqiy shahzodalar o ‘rtasida toj-taxt uchun kurashlar avjga mingan davrda Balxni tark etib, aw al Samarqand qozikaloni Abu Tohir, keyin Buxoro hokimi Shamsulmulk Qoraxoniy dargohida yashaydi. 26 yoshida saljuqiy hukmdor Jaloliddin Malikshoh va uning ma’ri- fatparvar vaziri Nizomulmulk da’vatiga binoan Isfahonga kelib, rasadxona tashkil etadi. Rasadxonada faoliyat ko‘rsatgan olimlar 1074—1079-yillar mobaynida Xayyom boshchiligida yangi va nisbatan mukammal yil taqvimini ishlab chiqadilar. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan G rigorian kalendaridan ham aniqroq bo‘lgan. Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham o ‘zini Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. U ustozining bir qator asarlari (jumladan, «Xutba» falsafiy risolasi)ni arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab beradi, uning g‘oya va qarashlarini davom ettiradi hamda targ‘ib qiladi. «Risolat ul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning vazifalari haqida risola»), «Risola fil-vujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyoti vujud» («Borliqning umu- miyligi haqida risola») kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning Ibn Sinoga 31
e’tiqodi shunchalik baland bo‘lganki, hatto «Ash-shifo» kitobini qo‘lida tutib jon bergan. 1077-yilda u yunon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan «Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iqlidis» («Yevklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola») asarida butun sonlarning ildizini topish yoMlarini ko‘rsatib bergan. «Risola fil-barohiyn ala masoyil al-jabr val- muqobala» («Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola»), «Mushkulot ul-hisob» («Arifme- tika mushkulotlari») asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik teng- lam alarning m uodillarini topgan. M ashhur muarrix Bayhaqiyning lutf etishicha, u ayniqsa falsafiy ilmlar, ma- tematika va mantiqni juda «o‘ziniki» qilib olgan edi. XII asr fors-tojik nasrining nodir namunasi hisob- langan «Navro‘znoma» asarida Navro‘zning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bog‘liq an’ana va marosimlari keng yoritilgan, ko‘plab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan. Qismat o‘yinini qarangki, olim o‘z umrining asosiy qism ini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ilmiy izlanishlaridan charchagan paytlarida turli daftarlarning hoshiyalariga bitgan va ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga tanitdi. Mutafakkir shoir ruboiylarida fikr qancha teran, mazmun qancha chuqur, mushohada qancha keng, falsafa qancha salmoqli bo‘lsa, ifodasi shuncha sod- da, tushunilishi shuncha oson, o‘qilishi shuncha yengil, ta’siri shuncha kuchli. U o‘zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazganligi natijasida faqat ruboiy yozgan yoki ijodida ruboiy yetakchi o‘rin tutgan ko‘plab ruboiy- navis shoirlar yetishib chiqqan. 32
Umar Xayyom ruboiylarini XX asr boshlaridan o‘zbek tiliga taijima qilishga kirishilgan. Olimjon Idris 1914-yili «Sho‘ro» jurnalining 4-sonida shoirning bir necha ruboiysini misrama-misra tarjima qilib, nashr ettirdi. Ju rn aln in g 1917-yildagi 2-, 4 -, 13-, 14-sonlarida «M.S.I.Ch.» imzosi bilan uning yana bir qator ruboiylari tarjimasi e’lon qilingan1. Abdurauf Fitrat «Fors shoiri Umar Xayyom» nomli risolasida (1929) uning 35 ta ruboiysini nasriy taijimada keltiradi2. Keyinchalik Fattoh Abdullayev uning 14 ta ruboiysini she’riy taijima qiladi3. U m ar Xayyom ruboiylari tarjimasi asosan fors-tojik adabiyotining bilimdon tadqiqotchisi va mohir taijimoni Shoislom Shomuhamedov nomi bilan bogiiq: faylasuf shoir ruboiylari uning taijimasida bir necha marta bosilib chiqdi va xalqimiz orasiga keng kirib bordi4. Shoir va taijimon Nusrat Karim ham uning bir necha ruboiylarini taijima qilgan5. So‘nggi yillarda Umar Xayyom ruboiylari taniqli shoir va mutaijim Jamol Kamol va Ergash Ochilovlar tomonidan aruzda — o‘zining an’anaviy vaznida taijima qilina boshlandi6. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling