Qatrada quyosh aksi
Qarang: Abdulloyev A. Adib Sobiri Tirmiziy (Zam on, hayot va
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
Qarang: Abdulloyev A. Adib Sobiri Tirmiziy (Zam on, hayot va
ejodiyoti o ‘). — Dushanbe, 1969. S. 26. 40
Adib Sobir ham tuhmatga uchrab, saroydan chetlatiladi — tog‘li Badaxshonning Rovan nomli mavzesiga surgun etiladi. So‘ng u haj bahonasida Arabistonning qator shaharlarini aylanib chiqadi. Safardan qaytgach, yana Abulqosim Ali saroyiga yo‘l topadi. Ko‘p o‘tmay, Sulton Sanjar saroyiga da’vat qilinadi. Adib Sobir Sulton Sanjar saroyining yetakchi shoiri bo'lish bilan birga, saljuqiylar saltanatining siyosiy hayotida ham faol ishtirok eigan. Davlatshoh Samarqandiy: «Sobir Sulton Sanjar va uning arkoni davlati oldida aziz va muhtaram edi»1. — deb yozadi. 1143-yili Sulton Sanjar o ‘z saltanatiga qarshi kayfiyatda b o igan xorazmshoh M uhammad Otsizning xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib turish uchun uni Xorazmga elchi qilib yuboradi. Elchi-shoir bu ikki hukmdoming o‘zaro munosabatlarini yaxshilash, ular o ‘rtasida tinchlik-totuvlikni saqlashda muhim rol o‘ynagan. Lekin xorazmshohning xoinona rejalariga xalaqit bergani uchun 1147-yili u josuslikda ayblanib, Amudaryoga cho‘ktirilgan. Taniqli tojik adabiyotshunosi Ahmad Abdulloyev bir necha yillardan buyon Adib Sobir hayoti va ijodini o‘rganish, merosini izlab topib, nashr etish bilan jiddiy shug‘ullanib kelmoqda. Uning sa’y-harakatlari natijasida shoir asarlari Tojikistonda 3 marta chop qilindi (1965, 1981, 1983). Olim Adib Sobir hayoti va ijodiga bag‘ishlab maxsus risola ham yozdi. Adib Sobir ulkan devon sohibi bo‘lsa-da, u bizgacha to‘la yetib kelmagan. A. Abdulloyevning guvohlik berishicha, hozirgacha shoir asarlarini o‘z ichiga olgan 4 ta devon ma’lum — ular Angliyadagi «India Offis» kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Ozarbayjon FA qoMyozmalar fondi va Tojikiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi2. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling