Qatrada quyosh aksi
Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar b o‘stoni. 52-bet
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
1 Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar b o‘stoni. 52-bet.
2 Qarang: Adib Sobiri Tirmiziy. Osori muntaxab. — Dushanbe, 1983. S. 34. 41
A. Abdulloyev tomonidan tayyorlanib, Eronning «Al- hudo» xalqaro nashriyotida bosilib chiqqan Adib Sobir Termiziy devoni o ‘zining matniy mukammalligi bilan alohida ahamiyatga ega1. U shoirning hozirgacha aniqlan- gan 126 qasida, 7 tarkibband, 67 g“azal, 162 qit’a, 88 ruboiy — jami 7045 baytdan iborat adabiy merosini o‘z ichiga oladi. Zamondoshlari Adib Sobir nafaqat forsiyda, balki arabiyda ham qalam tebratganligi haqida ma’lumot ber- ganlar. Rashididdin Vatvot uni nazmdagina emas, nasrda ham ustoz ekanligini ta’kidlaydi. Afsuski, shoirning arab tilidagi asarlari va nasriy merosi haligacha topilgan emas. Adib Sobir merosi asosan qasida, g‘azal, tarkibband, qit’a va ruboiylardan iborat. Uning, xususan, qasida va g‘azalda shuhrat topganligi tadqiqotchilar tom onidan ta ’kidlangan. Ishq-u m uhabbat, tabiat m anzaralari, zamonadan shikoyat va pand-nasihat — shoir she’riya- tining asosiy mavzulari hisoblanadi. Hayotsevarlik, inson- parvarlik — ularning mag‘zini tashkil etadi. Siyosiy notinchlik sharoitida yashagan, mashaqqatli hayot kechir- gan, murakkab taqdir sohibi bo‘lishiga qaramay, nekbin kayfiyati, bardam ruhi she’rlaridan ko‘rinib turadi. Adib Sobirning 38 tag‘azzul, 55 g‘azal, 48 qit’a, 68 ruboiysi va tarkibbandlaridan namunalar (303 bayt) o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, shoirning ruboiylaridan boshqa barcha she’rlarini Chustiy o‘zbekchalashtirgan. Ruboiylarini esa E. Pardayev (1979) va J. Kamollar taijima qilganlar. 1
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling