Qatrada quyosh aksi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
AYNULQUZZOT HAMADONIY
( 1 0 9 9 - 1 1 3 1 ) M ashhur shayx, m utafakkir va m utasavvif adib Abulmaoliy ibn Abdulloh ibn Abubakr Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Ali Miyonjiy Hamadoniy o‘z davrining barcha ilmlarida tengsiz bo lib, «zamon oriflari peshvosi», «asr yagonasi» sifatida ulug'langan. Tasavvuf naza- riyotchilaridan bo‘lib, o ‘z faoliyatining dastlabki yillarida Muhammad G ‘azzoliy ta’sirida bo‘lgan. Keyin Abu Ali ibn Sino asarlarini chuqur mutolaa qilib, falsafaga mayl ko‘rsatgan. U o‘z tasawufiy asarlarida erkin mushohada yuritib, ba’zi qaltis fikrlarni bayon qilgani, ayrim diniy ahkomlarni tanqid qilgani uchun dorga osib, jasadini o‘tda kuydirganlar1. Aynulquzzot «bir necha yil qozi ul-quzzot — bosh qozi bo‘lib ishlagan va adolat yo‘lini tutgan, diniy ixtilof- larga qarshi turgan. Uning ijtimoiy-axloqiy fikrlari 0 ‘rta Osiyo, Ozarbayjon va Eron mutafakkirlariga ta ’sir o‘t- kazgan»2. Qisqa umrida arab va fors-tojik tillarida o‘zidan boy meros qoldirgan. Uning ilohiy hikmat va tabiatshunoslik ilm lariga oid «Yazdonshinoxt» («Xudoni tanish»), tasawufning o‘n asosini talqin qiluvchi «Tamhidot» («Te- kislash»), Xudoning sifatlari va zotiga bag‘ishlangan «Zub- dat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar qaymog‘i»)3, shuningdek, «Tafsiri Qur’on» («Qur’on tafsiri»), «Maktubot» («Mak- tublar»), «Sharhi kalimoti qisori Bobo Tohir» («Bobo Tohir so‘zlarining qisqacha sharhi») asarlari mashhur.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling