0 ‘tdi kecha, unga yema g‘am, yetmassan,
Erta g‘animat bo'lar bu dam, yetmassan.
Shod bo‘l shu nafas bilan hayotsan toki,
Balki yana shu nafasga ham yetm assan.
Q a b r i Q a z v in d a .
ADIB SOBIR TERMIZIY
*
t
( 1 0 7 8 - 1 1 4 7 )
Shahobiddin Sobir ibn Ismoil Termiziy 1078-yili
Termiz shahrida tavallud topgan. Keng va chuqur bilimi
tufayli Termizda rasadxona bunyod etgan hokim Abulqosim
Ali ibn Ja’farning nazariga tushib, mazkur ilm dargohida
faoliyat ko‘rsatadi va iste’dodli olim sifatida shuhrat qozo-
nadi. She’rlaridan birida Sobirning o‘zi ham astronomiya
va matematikada hech kim uning oldiga tusholmasligini
e’tirof etgan edi («Chunon ki hay’ati tarkib ustuvori man
ast»)1. Lekin johil ulamolar tomonidan rasadxona vayron
qilinib, olimlar har yoqqa tarqalib ketadilar. Abulqosim
Ali hibs etiladi. Adib Sobirni ham shialikda ayblab, ta’qib
qiladilar, hatto qisqa fursat u qamoq azobini ham chekadi.
Bir necha muddatdan so‘ng xalos bo‘lgan Abulqosim Ali
Adib Sobirni ham o‘zi bilan Nishopurga olib ketadi.
Adib Sobirning shundan keyingi hayoti hukmdorlar
saroyi bjlan bog‘liq. U dastlab Xuroson raisi nomi bilan
mashhur Abulqosim Ali darborida xizmat qiladi. Bu yerda
u amal va shon-shuhratning cho‘qqisiga ko‘tariladi. Lekin
Bahouddin Naqshband shuhratda ofat bor, deganidek,
1
Do'stlaringiz bilan baham: