SHAYX AHMADI JOM
( 1 0 4 9 - 1 1 4 1 )
Zindapil yoki Jandapil nomi bilan mashhur bo‘lgan
zabardast fors-tojik olimi va shoiri, yirik tasawuf arbobi va
ulug‘ avliyo Abunasr ibn Abulhasan ibn Ahmad ibn
M uhammad Nomiqiy o ‘z davrining barcha ilmlarini
egallab, tasawuf yo‘liga kiradi. Marv, Saraxs, Nishopur,
Buzjon, Hirot, Boxarz, Bistom kabi shaharlarga safar
qilib, Abdulloh Ansoriy, Xoja Mavdud Chishtiy, Imom
Muhammad, Mansur Saraxsiy kabi ulamo-yu avliyolar
suhbatiga yetishadi. Shayx Abusaid Abulxayr qo‘lidan
xirqa kiyadi. Haj ziyoratiga boradi. Jomga qaytib, muridlar
tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shayxulislom martaba-
siga erishadi.
Tasawuf odobi, sayr-u suluk maqomlari, soTiylar holi
va qoidalaridan bahs yurituvchi «Anis ut-tolibin» («Toliblar
do‘sti»), «Kunuz ul-hikmat» («Hikmat xazinasi»), «Siroj
ul-soyirin» («Sayr qiluvchilar mayog‘i»), «Miftoh un-
najot» («Najot kaliti»), «Ravzat ul-munzabin» («Xilvat
bog‘lar»), «Burhon ul-haqiqat« («Haqiqat dalili»), «Futuh
al-qulub» («Qalblar kashfi»), «Futuh al-ruh» («Jon
kashfi»), «E’tiqodnoma», «Al-zuhdiyot» («Zuhdnoma»)
kabi ko‘plab asarlari mavjud. Bizgacha 4 ming bayt hajmi-
dagi g‘azal va ruboiylari yetib kelgan. She’rlari xalq ichida
mashhurligidan «Sabzpari va Zardpari» («Yashilpari va
Sariqpari») hamda «Chahor pari» («To‘rt pari») doston-
lari ichiga ko‘plab g‘azallari kirib qolgan.
Shogirdlari va izdoshlari tomonidan uning hayoti va
faoliyatiga oid ko‘plab maqomotlar yaratilgan. Minglab
muridlari bo‘lgani naql qilinadi1.
1
Do'stlaringiz bilan baham: