Begona yaqin menga vafo qilsa agar,
Yot hatto qarindosh-da jafo qilsa agar.
Gar yoqmasa bol — bormi zahardan farqi?
Bol o‘rnidadir zahar davo qilsa agar.
2
Bilgilki, g‘arib ko‘nglini bir shod etmoq —
Sozdir nechakim, jahonni obod etmoq.
Lutfing bila aylasang asir bir dilni,
Hech qoshida mingta qulni ozod etmoq.
3
Hech kimsani ranjitma iloj topsang agar,
Og‘ritma biror dilni — sira sochma zahar.
Gar mangu farog‘atni etarsan tama’
Chek yolg‘iz o‘zing uchrasa har qancha kadar1.
4
Asror2 esa pinhon dilida dononi,
Sir bahsida lol qoldiradi Anqoni3.
U1 qatra do^ar4 durga sadaf ichra yashab,
Pinhon siri bo‘lganligidan daryoni.
5
Aslida umid donasi xirmanda qolur,
Bog‘ hamda saroy na san-u, na manda qolur.
Bas, siym-u5 zaringni donalab yiqquncha,
Do‘stlari-la yeb-ich, bo‘lmasa dushmanda qolur!
Do'stlaringiz bilan baham: