Qatrada quyosh aksi


Oqil kishi chekmas sira erta g‘amini


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

8

Oqil kishi chekmas sira erta g‘amini,

Taskin sira to'ldirmadi  ko‘ngil  kamini. 

Dunyoda haqiqiy oqil  inson o'shadir,

Kim bilsa g ‘animat o ‘tayotgan damini.

9

Kimlar bujahonda  ichra yashab o'tgan  emas, 



QoMida biroq haq durini tutgan emas.

Savdoyi  kabi behuda  so‘z der barcha,

Amm o haqiqatga  hech kishi  yetgan  emas.

10

Koshki  bu  zamon  dardidan ozod  yashasang! 



Boriga qanoat aylabon shod yashasang! 

Qadriga  yetib  hayotni  har  lahzasini,

Qilmay sira bor-yo‘q g'amini  yod yashasang!

35



SHAYX  AHMADI  JOM

( 1 0 4 9 - 1 1 4 1 )

Zindapil  yoki  Jandapil  nomi  bilan  mashhur  bo‘lgan 

zabardast fors-tojik olimi va shoiri, yirik tasawuf arbobi va 

ulug‘  avliyo  Abunasr  ibn  Abulhasan  ibn  Ahmad  ibn 

M uhammad  Nomiqiy  o ‘z  davrining  barcha  ilmlarini 

egallab,  tasawuf yo‘liga  kiradi.  Marv,  Saraxs,  Nishopur, 

Buzjon,  Hirot,  Boxarz,  Bistom  kabi  shaharlarga  safar 

qilib,  Abdulloh  Ansoriy,  Xoja  Mavdud  Chishtiy,  Imom 

Muhammad,  Mansur  Saraxsiy  kabi  ulamo-yu  avliyolar 

suhbatiga  yetishadi.  Shayx  Abusaid  Abulxayr  qo‘lidan 

xirqa kiyadi.  Haj ziyoratiga boradi. Jomga qaytib,  muridlar 

tarbiyasi  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  Shayxulislom  martaba- 

siga erishadi.

Tasawuf odobi,  sayr-u  suluk  maqomlari,  soTiylar  holi 

va qoidalaridan bahs yurituvchi «Anis ut-tolibin» («Toliblar 

do‘sti»),  «Kunuz  ul-hikmat»  («Hikmat  xazinasi»),  «Siroj 

ul-soyirin»  («Sayr  qiluvchilar  mayog‘i»),  «Miftoh  un- 

najot»  («Najot  kaliti»),  «Ravzat  ul-munzabin»  («Xilvat 

bog‘lar»),  «Burhon  ul-haqiqat«  («Haqiqat  dalili»),  «Futuh 

al-qulub»  («Qalblar  kashfi»),  «Futuh  al-ruh»  («Jon 

kashfi»),  «E’tiqodnoma»,  «Al-zuhdiyot»  («Zuhdnoma») 

kabi  ko‘plab asarlari  mavjud.  Bizgacha 4  ming bayt  hajmi- 

dagi g‘azal  va  ruboiylari  yetib  kelgan.  She’rlari xalq  ichida 

mashhurligidan  «Sabzpari  va  Zardpari»  («Yashilpari  va 

Sariqpari»)  hamda  «Chahor  pari»  («To‘rt  pari»)  doston- 

lari ichiga ko‘plab g‘azallari kirib qolgan.

Shogirdlari  va  izdoshlari  tomonidan  uning  hayoti  va 

faoliyatiga  oid  ko‘plab  maqomotlar  yaratilgan.  Minglab 

muridlari  bo‘lgani  naql  qilinadi1.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling