Qatrada quyosh aksi
Gar bir kishidan dilda shikoyat b o‘Igay
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
Gar bir kishidan dilda shikoyat b o‘Igay,
Dil og‘rig‘i undan benihoyat b o‘lgay; Hech o kylama intiqom olishni, chunki Yomonga yom onligi kifoyat b o‘lgay. Bu ruboiyda, birinchidan, biror kishi sening ko‘ng- lingni og‘ritsa, bundan behad iztirob cheksang-da, sira undan o‘ch olishni o‘ylama, zero, yomonga yomonligi- ning o‘zi yetarli jazodir, deb nasihat qilinmoqda. Ikkin- chidan, yomonning yomon bo‘lib yaratilganligining o‘zi unga bir umrlik jazodir. Harchand urinma, sen unga bundan ortiq jazo berolmaysan, deb falsafiy xulosa chi- qarilgan. Uchinchidan, yaxshilik ham, yomonlik ham Xu- dodan. Yomon yomonligiga borib, o‘z haddini bilmay seni ranjitibdimi, sen yaxshi bo‘lsang, yaxshiligingcha qol-da, unga teng bo‘lma — yomonlikka yomonlik qaytarishni o‘ylama, bu ikki jihatdan o‘zini oqlamaydi: awalo, sen ham yomonga teng bo‘lasan, qolaversa, ilohiy amrlarga qarshi borasan. To‘rtinchidan, mo‘min kishida kek-adovat bo‘lmasligi kerak, o‘ch olish — shaytonning ishi. Bino- barin, birovdan o‘ch olishga chog‘langan odam bir lahza bo‘lsa-da, shayton vasvasasiga uchgan bo‘ladi. Shayton vasvasasiga uchish esa iymonning sustligidan darak beradi. Beshinchidan, tasavvufda birovga jabr-u jafo qilish, biror kimsani ranjitish taomili yo‘q. So‘fiy har qancha qayg‘u- azob bo‘lsa, o‘zi chekishi, barcha ta’na-malomatlarga sabr etishi, qahr-u g‘azabini ichiga yutib, odamlarga ochiq chehra bilan boqishi, muloyim muomala qilishi, yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Birovdan o‘ch olish uyoqda tursin, undan shikoyat qilish ham tariqat ahliga yot. Oltinchidan, xalq orasida yaxshilikka yaxshilik — ham- maning ishi, yomonlikka yaxshilik — mard kishining ishi, degan ulug‘ bir hikmat asrlar davomida yashab keladi. Demak, yomonlikka yomonlik bilan javob bergan kishining oddiy odamlardan farqi yo‘q, u oliyhimmatlilikni da’vo qilmasa ham, o‘zini barkamol inson deb hisoblamasa ham bo‘ladi. Va nihoyat, yettinchidan, ruboiyning asl maz- 4
mun-mohiyati shundaki, yomonlikka yomonlik qaytarishni o ‘ylagan kishi torn ma’nodagi yaxshi odam emas, uning tabiatida qaysidir darajada yomonlik urug‘lari mavjud va birovning yomonligi bahonasida u yuzaga qalqib chiqayapti. Falsafiy mushohadalardan tortib tabiat va jamiyatning murakkab masalalari va shoirning shaxsiy hayotidagi eng kichik lavhalargacha — hamma-hamma narsa ruboiyning mavzuyi bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, bu masalalarning barchasi aniq, lo‘nda, ixcham, hikmat darajasida va, ayni paytda, yuksak badiiy shaklda o‘quvchi hukmiga havola etiladi. Shunday ekan, nafaqat shoirlar, balki mutafakkir olimlar ham o‘z qarashlarini bir qadar ommabop usulda ifodalash uchun ruboiydan foydalanganliklari bejiz emas. Ularning ruboiylarida falsafiy fikr-mulohazalar ustunlik qiladi. Jumladan, ba’zi manbalarda Sharqda «muallimi soniy» («ikkinchi muallim») nomi bilan shuhrat qozongan qomusiy olim Abu Nasr Forobiyning ham ruboiy janrida qalam tebratganligi xususida ma’lumot berilib1, bir necha ruboiylari keltiriladi2. Umar Xayyom, Abusaid Abulxayr, Shayx Ruboiy, Vajehiy Axsikatiy, Sahobiy Astrobodiy kabi qator shoirlar faqat ruboiy janrida qalam tebratgan bo'lsalar, Faridid- din Attor, Avhadiddin Kirmoniy, Bobo Afzal, Fayzi Fayoziylar maxsus ruboiy kitoblari yaratganlar. Masalan, Farididdin Attor do‘stlari xohishiga ko‘ra «Muxtornoma» ruboiylar kitobini mavzular bo‘yicha 50 bobga ajratib, unga 3000 ta ruboiy kiritadi3. Abulmaoniy, ya’ni «Ma’- nolar otasi» nomi bilan Sharqda dong taratgan Mirzo Abdulqodir Bedil ruboiylari 3861 ta bo‘lsa, zabardast
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling