Qatrada quyosh aksi
Ubaydiy. Kulliyot. 0 ‘R FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
2 Ubaydiy. Kulliyot. 0 ‘R FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti q o‘lyozmalar fondi. 8931 raqamli qoMyozma. 553-bet. 9
«Odatda, ruboiyning birinchi misrasi tezis, ikkinchisi antitezis, uchinchisi moddayi rubciya (yoki xulosa uchun asos boMadigan ko‘prik), nihoyat, to ‘rtinchi misra sintez shaklida namoyon bo‘ladi»'. Boshqacha aytganda, dastlabki ikki misrada g‘oya va maqsad, keyingi ikki misrada dalil va xulosa o‘z aksini topadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Abu Ali ibn Sino birinchi boiib ruboiyga o‘zining teran falsafiy qarashlarini singdirgan. Keyin o ‘zini Shayx ur-raisning haroratli shogirdi deb hisoblagan Umar Xayyom azal va abad, olam va odam muammolari xususida teran falsafiy ruboiylar yaratib, bu janrning piri ustodiga aylanadi. Ruboiy Umar Xayyom tufayli mashhur bo‘lganligi uchun ham ruboiy deganda barchaning ko‘z oldiga darhol Umar Xayyom, Umar Xayyom deganda esa ruboiy keladi. Haqiqatan ham, mana, oradan IX asr o‘tibdi hamki, ruboiyda hali hech kim Umar Xayyomning oldiga tusholgan emas. 0 ‘zbek adabiyotida ruboiylarining falsafiy teranligi, uslubining go‘zal va ifoda tarzining yorqinligi bilan Pahlavon Mahmud va Mirzo Bobur Umar Xayyomga yaqin turadilar. XV asrda turkiy adabiyotda ham ruboiy to‘la huquqli janr maqomiga ega boMdi. Chunki turk olimi Ko‘pruluzoda topgan XII asrga mansub nom a’lum muallifning bir o‘zbekcha ruboiysi, Sulton Sanjarning saroy shoirlaridan deb taxm in qilingan B adriddin Qavvom iy2 ham da R. Vohidov aniqlagan Jamol Qarshiylarning (XIII asr) bittadan arab, fors va o ‘zbek tillaridagi mulamma’
ruboiy, Sherozda yashab ijod qilgan Hofiz Xorazmiyning 11 ruboiysi hamda Lutfiyning ramal bahridagi to ‘rtliklari
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling