Qatrada quyosh aksi
Irisov A. Forobiy — adib. — Toshkent, 1975. 44-bet
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
1 Irisov A. Forobiy — adib. — Toshkent, 1975. 44-bet.
16 sharhladi va ularni yangi g‘oyalar bilan boyitib, rivojlan- tirdi. 0 ‘rta asrlarda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifmi yaratdi. Forobiy asarlari ko‘proq nazariy xarakterda boiib, u asosan, o‘z davridagi tabiiy, aniq va ijtimoiy fanlarni bilish, tushuntirish va rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Muallimlik qilib, Shorn madrasalarida talabalarga ma’ru- zalar o‘qigan. «Tarixchilarning xabar berishlariga qara- ganda Damashqning o‘zida Forobiydan ta’lim oluvchilar soni o‘n mingga yetgan»1. Abu Nasr Forobiy Damashqda vafot etgan va «Bob as-sag‘ir» qabristoniga dafn etilgan. Forobiy til va adabiyot masalalari bilan ham muntazam shug‘ullanib, «She’r va qofiyalar haqida so‘z» («Kalom fish she’r val-qavofiy»), «Ritorika haqida kitob» («Kitob fil xitoba»), «She’r kitobi» («Kitob ash-she’r»), «Shoirlar san’ati qonunlari haqida»(«Maqola fi qavonin sinoat ash- shuaro»), «Lug‘atlar haqida kitob» («Kitob fil-lug‘at»), «Xattotlik haqida kitob» («Kitob fi san’at at-kitobat») va boshqa asarlarni yozgan. Ulardan «She’r kitobi» va «Shoirlar san’atlari qonunlari haqida» risolalari taniqli sharqshunos Abdusodiq Irisov tomonidan arabchadan tar- jima qilinib, sharh-u izohlar bilan nashr etilgan2. Forobiy noziktab’ she’rshunos bo‘libgina qolmay, o‘zi ham badiiy ijod bilan shug‘ullangan. Jumladan, tarixiy- adabiy manbalarda uning falsafiy teran ruboiylar yozgan- ligi ta’kidlanadi va ulardan 2 tasi bizgacha yetib kelgan. Forobiy arab tilida ham she’rlar yozgan. Arab muarrixi Ibn Abi Usaybia (1203—1270) «Uyun al-anbo fi tabaqot al-atibbo» («Tabiblar darajasini belgilash uchun xabarlar chashmasi») asarida «Ba’zida Forobiy she’r ham yozar ekan», — deb alloma ijodidan keltirgan namunalarni A. Irisov o‘zbek tiliga taijima qilgan — ularda muallifning
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling