Qatrada quyosh aksi


  Takalluf  —  zahmat,  tashvish,  taraddud


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

1  Takalluf  —  zahmat,  tashvish,  taraddud.

2  Bu  ruboiy  Pahlavon  Mahmudga  ham  nisbat  beriladi.

3  Hargiz  —  asió,  hech  qachon.

4  Mardum  —  bu  yerda:  ko'z  qorachig'i.

5  Zabun  —  1)  ojiz,  bechora,  xor;  2)  mag'lub.

6  S a d a f —  ichida  gavhar  yetiladigan  huqqa.

15



ABU  NASR  FOROBIY

4

Y



( 8 7 3 - 9 5 0 )

Sharqda  «Muallimi  soniy»,  ya’ni  Aristoteldan  keyingi 

«Ikkinchi muallim» nomi bilan shuhrat qozongan qomusiy 

olim Abu  Nasr Forobiy Sirdaryo bo‘yidagi Forob  ( 0 ‘tror) 

shahrida turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida 

tug‘ilgan.  To‘liq  ismi  —  Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Mu­

ham m ad  ibn  0 ‘zlug‘  Tarxon  Forobiy.  Boshlang‘ich 

ma’lumotni ona shahrida oigan bo‘lajak alloma Toshkent, 

Samarqand  va  Buxorodagi  madrasalarda  tahsilni  davom 

ettiradi.  Shundan  so‘ng  bilimini  yanada  chuqurlashtirish 

maqsadida o‘sha davrning yirik ilm va madaniyat  markazi 

bo‘lgan  Bag‘dodga  borib,  Abu  Bashar  Matto  ibn  Yunus 

al-Kunnoiydan  yunon  tili  va  falsafasini,  Yuhanna  ibn 

Hiylondan  esa  tibbiyot  va  mantiq  ilmini  o‘rganadi.  Ba’zi 

tarixiy  manbalarda  keltirilishicha,  Forobiy  70  dan  ortiq 

tilni  bilgan.

Forobiyning  160  dan  ziyod  asar  yozganligi  ma’lum, 

lekin ularning ko‘pi bizgacha yetib kelmagan. Allomaning 

«Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi»,  «Donolik asoslari», 

«Mantiq ilmiga kirish»,  «Ilmlarning kelib chiqishi haqida», 

«Masalalar  mohiyati»,  «Fozil  shahar  aholisining  fikrlari», 

«Taliqot»,  «Qonunlar  haqida  kitob»,  «Aristotel  «Meta- 

fizika»  kitobining  maqsadi  to ‘g‘risida»,  «Falsafiy  savollar 

va ularga javoblar» asarlari ayniqsa mashhur. «Musiqa haqida 

katta  kitob»i  XI  asrdayoq  lotin  tiliga  tarjima  qilingan. 

«Aytishlariga qaraganda,  «Qonun»  degan  musiqa asbobini 

tuzgan  va  birinchi  bor  ixtiro  qilgan  ham  shu  Abu  Nasr 

Forobiy  bo‘lgan  ekan»1.  U  Platon,  Aristotel,  Yevklid, 

Ptolemey,  Porfiriy  kabi  yunon  olimlarining  asarlarini


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling