Fors-tojik adiblari, shoirlari ichida bir gap yuradi: «Ikki
shoir ikki hukmdor davrida beqiyos shuhrat va martabaga
erishdi: Rudakiy — somoniylar saltanatida, Unsuriy —
g‘aznaviylar saroyida». Lekin Rudakiy Abu Nasr ibn
Ahmad darborida 40 yil xizmat qilgan boisa-da, oxir-
oqibat mutaassib ruhoniylarning qutqusi bilan qarmat-
likda1 ayblanib, saroydan chetlatiladi, ko‘ziga mil tortib,
ko‘r qilingan shoir umrining so‘nggi yillarini qarilik,
kasallik va qashshoqlikda o‘tkazadi.
Rudakiy asarlari o‘zbek tilida bir necha marta nashr
etilgan, u o‘zbek o‘quvchilarining ham o‘z shoiriga aylanib
ketgan. Shoir asarlarini o ‘zbek tiliga fors-tojik tili va
adabiyotining bilimdonlari bo‘lmish zabardast mutaijimlar
Munirxon Muinzoda2, Shoislom Shomuhamedovlar3 tar-
jima qilganlar. G ‘afur G ‘ulom uning mashhur «Qarilik-
dan shikoyat»4 qasidasini o ‘zbekchalashtirgan bo‘lsa,
Alibek Rustamov5 va Sulaymon Rahmonlar6 «Bo‘yi jo ‘yi
Mo‘liyon oyad hame» nomli g‘azalini tilimizga o‘girganlar.
Buxorolik forsiyzabon shoirlar she’rlaridan tuzilgan «Bu-
xoriylar bo‘stoni» to‘plamida iste’dodli shoir va mutaijim
Samandar Vohidov ham shoirning bir dasta she’rlari
taijimasini e’lon qildi7. Biz esa Rudakiy ruboiylarini o‘z
aruziy vaznida taijima qilganmiz8.
Do'stlaringiz bilan baham: