1
Ko‘n boriga-yu, Haqni etib yod yasha!
Dil berma takallufga-yu1 ozod yasha!
G‘am chekma sira ko‘rib o'zingdan boyni,
Sendan-da faqirlarni ko‘rib shod yasha!
2
O'z nafsiga kimki bo‘lsa shoh — mard o'shadir,
Hech o‘zgani qilmasa panoh — mard o‘shadir.
Kim o‘tsa yiqilganni tepib, mard u emas,
Kim bo‘lsa zaifga xayrixoh — mard o'shadir2.
3
Yo'qlar meni yo'qlasa tasodif yolg'iz,
Holim so‘ramas o'zimdan o'zga hargiz3.
Jon labga kelar bo‘lsa, ko‘zim mardumidan4 —
0 ‘zga kishi qatra suv tomizmas, afsus...
4
G'am manzilida asli jafokash bizmiz,
Ko‘z yoshi-la ko'ngli to‘la otash bizmiz,
Olam ne sitam qilsa, sitamkash bizmiz,
Noxush bu hayotda zabun-u5 g‘ash bizmiz.
5
G'am ichra ko'zim — sadafni6 tark etgan dur,
Chehramda sirim tufayli ming gul ochilur,
Jon birla dilim sirimni harchand yashirur,
Ko‘z yoshim uni elga qilur fosh baribir.
Do'stlaringiz bilan baham: