Qatrada quyosh aksi


  Bu  haqda  qarang:  Абу  Сахыт  Абул  Хайр:  его  ж изнеописание


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

1  Bu  haqda  qarang:  Абу  Сахыт  Абул  Хайр:  его  ж изнеописание 

и  творчество.  —  Ашгабат,  1999;  Homidiy A.:  T asaw u f allomalari.  — 

Toshkent,  2004.  85—88-betlar.

2  Alisher  Navoiy.  N asoyim   ul-muhabbat  / /   Mukammal  asarlar 

to‘plami.  Yigirma jildlik.  17-jild.  —  Toshkent,  2001.  207-bet.

3  IX—XVII  asir  turkmen  edebiyatining  shaxirlari.  Spravochnik 

(Chapa tayyarlayan  S.  Durdiyev).  — Ashgabat,  1967.  11 — 12-betlar.

4  Homidiy.  T asaw uf allomalari.  86-bet.

19



davom  etadi.  Shundan  keyin  shogirdlari  Ibn  Sinodan: 

«Shayx haqidagi  fikringiz qanday?»  —  deb so‘raganlarida: 

«Har neniki men bilsam, u his qiladi»,  — deb javob beradi. 

«Alloma  haqidagi  fikringiz  qanday?»  —  deb  muridlari 

Abusaidga  murojaat qilganlarida esa:  «Har neniki  men  his 

qilsam,  u  biladi»,  —  deydi1.

Abusaid  Nishopur  va  Omul  shaharlarida  ham  bir 

muddat yashab,  xalqni  Haq yo‘liga hidoyat qilgan, otashin 

va’zlar  o ‘qib,  minglab  muxlislar  orttirgan.

Sulton  ul-orifin  —  Oriflar  sultoni  degan  sharafli  un- 

vonga sazovor bo‘lgan,  «Abusaid Abulxayr»,  «Shayx Abu­

said  Mehnaviy»  (ko‘pgina  adabiyotlarda  Mayhaniy) 

nomlari  bilan  musulmon  olamida  shuhrat  qozongan  bu 

ulug‘  inson  1049-yili  ona  qishlog‘i  Mehnada vafot  etgan. 

Uning  qabri  ustiga  saljuq  sultonlari  tomonidan  tiklangan 

maqbara hozir ham mavjud —  mahalliy aholi «Mona bobo 

mozori»  deb  atashadi.

Naql  qilishlaricha,  Abusaid  Abulxayr  nafaqat  donish- 

mand,  balki  yaxshigina  tab’i  nazmi  bor,  o‘zi  dilkash  va 

suhbati  huzurbaxsh  kishi  bo‘lgan.  Eronda  uning  720 

ruboiysi va parokanda she’rlarini o‘z ichiga olgan «Suxanoni 

manzumi  Abusaid  Abulxayr»  to ‘plami2  hamda  shayxning 

so‘zlari  va  holatlari  bayoni,  u  haqdagi  hikoyatlar  asosida 

tartib berilgan  «Asror ut-tavhid»  nomli  ikki jildli  manoqib 

nashr  etilgan3.  Xususan:


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling