Qatrada quyosh aksi
Qarang: SharipovJ. 0 ‘zbekistonda tarjima tarixidan. — Toshkent
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Qarang: Attor Nishopuriy. Muxtornoma. M ajm o‘ai ruboiyot. Tashreh-u ta’lifoti Muhammadrizo Shafe’iy Kadkaniy. - Tehron, 2008.
1 Qarang: SharipovJ. 0 ‘zbekistonda tarjima tarixidan. — Toshkent,
1965. 28-bet; ValixonovA. G ‘azal nafosati. — Toshkent, 1985. 1 5 - 1 6 - betlar. 2 Qarang: Ruboiynoma. Guzidai ruboiyot az R o‘dakiyi Samar- qandiy to im ro‘z. — Tehron, 1372 (hijriy). S. 271. 3 Qarang: Attor Nishopuriy. Muxtornoma. M ajm o‘ai ruboiyot. Tashreh-u ta’lifoti Muhammadrizo Shafe’iy Kadkaniy. - Tehron, 2008. 5
tasavvuf olimi Abdulloh Ansoriyga 2000 dan ziyod, Abusaid Abulxayrga 720 ta, Sayfiddin Boxarziyga 650 ta ruboiyni nisbat beradilar. Jaloliddin Rumiyning «Devoni Kabir» («Ulug‘ Devon»)ida esa 1994 ta ruboiy mavjud. Avhadiddin Kirmoniyning ruboiylar to ‘plami 1807 ta ruboiyni o‘z ichiga oladi, Amir Xusrav Dehlaviy ruboiylari 700 tadan 1000 tagacha deb ko‘rsatiladi. Ubaydiy «Kulli- yot»idan 850 ga yaqin ruboiy o‘rin oigan. Kamoliddin Ismoil ijodida 867 ta, Hakim Sanoiy adabiy merosida 537 ta, Bobo Afzalda 483 ta ruboiy bor. Sharq adabiyotida mboiyning qanchalik katta o‘rin egallaganligini shundan ham bilsa bo‘ladi. Ma’lumki, ruboiy arabcha so‘z bo‘lib, to ‘rtlik degan ma’noni bildiradi. Lekin arabcha nomlanishiga qaramay, mutaxassislarning fikricha, bu janr arab adabiyotiga xos emas. Ruboiy Ajam (Eron, Movarounnahr, Xuroson) xalqlari adabiyotida paydo bo‘lib, taraqqiy etgan janrdir. Ruboiy shakli xalq og‘zaki ijodiga asoslansa ham, yozma adabiyotdagi ruboiy ko‘p xususiyatlari bilan folklor na- munalaridan ajralib turadi. Ruboiyning kelib chiqishi bilan bog‘liq bahs-muno- zaralar ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan bo‘lsa- da, hali-hanuz bu borada bir to ‘xtamga kelinganicha yo‘q. Gap shundaki, turkiy adabiyot namoyandalari uning paydo bo‘lishini xalq to‘rtliklari bilan bog'lasalar, forsiy so‘z san’ati vakillari ruboiyni forsiy she’riyat kashfiyoti deb hisoblaydilar va janming asoschisi sifatida Abu Abdullo Rudakiyni ko‘rsatadilar. Sharq poetikasining ustodlaridan Shams Qays Roziy- ning yozishicha, Rudakiy hayit bayramida G ‘azna shahri saylgohlarini aylanib yurar ekan, yóng‘oq o ‘ynayotgan bolalarning oldidan chiqib qoladi. Ular orasida bir bola nihoyatda go‘zalligi, harakatlarining behad nafisligi, so‘z- larining juda yoqimliligi bilan hammaning e’tiborini tortar edi. Otgan yong‘oqlaridan biri belgilangan joydan o ‘tib ketsa-da, yana orqasi bilan dumalab, nishonga kelib 6
tushganini ko‘rganda u quvonganidan: «G‘alton-g‘alton hameravad to buni ko‘» («Dumalab-dumalab, ko‘cha chetiga chiqib ketadi-ya»), — deb yuboradi. Bu jumla ohangi o‘z musiqasi bilan shoirga juda xush yoqadi va u aruzning hazaj bahridan shunga mos vazn keltirib chiqaradi1. Bu hazaji musammani axrami ashtari makfufi majbub (m af ulun foilun mafoiylu faal — ------- — V — V ------ V V —) vazni edi. Bu voqeani ko‘pchilik shunchaki bir afsona deb hisoblaydi. Lekin ikki aniq ilmiy dalil bu rivoyatda haqiqat belgilari mavjudligini ko‘rsatadi: birinchisi — Rudakiy aruzni chuqur o‘rganib, uni xalq orasida keng tarqalgan qo‘shiqlarga tatbiq qilish natijasida o ‘nga yaqin yangi vaznlar kashf etgani bo‘lsa, ikkinchisi — janming barcha talablariga javob beradigan ilk ruboiylar Rudakiy qalamiga mansubligi. Binobarin, Rudakiy xalq to ‘rtliklari ta’sirida, ulardan ilhomlanib, ushbu yangi shaklni kashf etgan bo‘lishi mumkin. Ohangdor va maftunkorligi hamda kuylashga mos ekanligi jihatidan bu janr dastlab tarona deb yuritilgan. Ma’lumki, mumtoz adabiyot janrlari asrlar davomida shakllanib, o‘z takomiliga erishgan. Shulardan biri ruboiy bo‘lib, vazn — uning uchun janrni belgilash darajasidagi muhim omil. «Har qanday to'rtlik ruboiy bo‘lavermaydi. Biror to ‘rtlikni ruboiy deb atash uchun unda tugal maz- mun, ruboiy shakli bo‘lishidan tashqari, ruboiy vazni ham bo‘lishi kerak. To‘rtlik qanchalik chuqur ma’no va go‘zal shaklga ega bo‘lmasin, agar u ruboiyning maxsus vazniga tushmasa, ruboiy bo‘la olmaydi»2. Ruboiyning boshqa lirik janrlardan alohida ajralib turadigan xususiyati shundaki, u faqat hazaj bahrining
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling