Fanidan referat mavzu : abdullo avloniyning
Download 29.92 Kb.
|
Referat FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITET IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI AGROBIZNES VA LOGISTIKA KAFEDRASI “FALSAFA ”FANIDAN REFERAT MAVZU: ABDULLO AVLONIYNING “ MADANIY TO’LQINLARI’’ VA E. TOFFLERNING “UCHUNCHI TO’LQIN’’ ASARLARINING QIYOSIY TAHLIL QILISHI VA AHAMIYATI . BAJARDI: 3-1AGB -20 guruh talabasi Moyliyeva Ro’zigul Furqat qizi QABUL QILDI : Sharipova Oygul BUXORO – 2022 REJA : Abdullo Avloniyning “ Madaniy to’lqinlari’’ maqolasi qiyosiy tahlil qilishi va ahamiyati . E. Tofflerning “Uchunchi to’lqin’’ asarining qiyosiy tahlil qilishi va ahamiyati. O`z manfaatlarini ko`zlamasdan vatanini dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlar qatorida ko`rish orzusi bilan yashagan shoir madaniyat va san’at orqali har bir odamning yuragiga yo`l topa olish zarurligini tushungan va targ`ib etgan. Avloniy «Madaniyat to`lqinlari» maqolasida shunday yozadi: «Hozir yarim asrdurki madaniyat bizni orqamizdan quviyur. Biz qirdan-qirga qochurmiz, qarshimizda maishat mashaqqatlari chiqub hujum qilur, o`ngimizdan bilimsizlik va jaholat kelub jonlarimizni siqur, so`ngimizdan musriflik, faqirlik, bid’atlar chiqub yo`limizni to`sur». Bu holdan qutilish yo`lida «faqat birgina chorasi bordurki madaniyatni qabul qilmak va haqiqiy madaniyatga kirishmak lozim». Binobarin shoir ana shu madaniyatni barpo qilishda teatr va musiqaning o`rni va roli katta ekanini chuqur anglagan va uni xalq ongiga etkazishga intilgan. Uning san’at, xususan musiqa san’ati xaqidagi fikrlari, qarashlari ana shundan dalolatdir. Allomaning fikricha, xalqni tom ma’noda madaniyatli qilish uchun, avvalo, iqtisodiy holatni yaxshilash kerak. Qorni och, usti yamoq odamga “kitob o‘qing” deng-chi, nima deyishini ko‘rasiz. Uzoqqa bormay o‘zimizdan misol keltirsak, qornimiz och payti, hatto musiqa eshitishni ham xohlamaymiz. Bu masala yuzasidan Avloniy shunday fikrlar bildiradi: “Har bir millat maishat tarafindan taraqqiyga yuz qo‘ymasa, ma’naviy tarafdan, ya’ni ma’rifat tarafidan ham taraqqiy qilolmas, bir kishining o‘z maishatiga yetarlik molu dunyosi bo‘lmasa va bularning sababiga harakat qilmasa, moddiy va ma’naviy ishlarni qilmoqdan ojiz qolur”. Asar o‘z davrining ijtimoiy, iqtisodiy holati haqida obrazli tasavvur beradi. Unda insonlarning yeyishga noni yo‘qligi, sakson olti foiz aholining eng past ishlarni bajarib, zo‘rg‘a kun o‘tkazayotgani haqida kuyinib gapiriladi. Sharoit og‘ir bo‘lsa-da, to‘y-tomosha uchun sarflangan xarajatlarning ko‘pligi tanqid ostiga olinadi. Isrofgarchilik qoralanadi: “Ajabo. Bu isrof to‘lqinlari bizlarni na yerga olub boradir?.. “Dard ustiga chipqon” degandek, kundan-kun bid’at ustiga bid’at ortmakda. Ulamo, fuzalo va eshonlarimiz zikr va tasbeh o‘rniga “to‘y ustiga to‘ylar bo‘lsin” so‘zini virdi zabon qilmakda. Ag‘niyo va sarvatdorlarimiz to‘y poygasi qilub, bir-birlarining bor-yo‘qlariga qaramasdan, faqir va kambag‘allarimiz uylarini, bog‘larini, otlarini, to‘nlarini sotub to‘yga sarf qilmakdalar”. Bu jumlalarni bugungi kun uchun ham tatbiq qilish mumkin. Ayting-chi, bugun to‘y poygalari qay darajada davom etmoqda? Odamlarimiz to‘kin-sochinlik bilan qilingan to‘yni obro‘, deb qabul qilishayotgani achinarli holdir. Hatto, to‘y kuni qancha ko‘p yegulik ortib qolsa, marosim shuncha zo‘r bo‘ldi, deya baholanadi. O‘zi yemay-ichmay farzandlarining ehtiyojlarini bir chetga surib yig‘ilgan mablag‘ni bir kunlik hashamga sarflanishiga nima deysiz? – Dadajon, ustozim “Sariq dyevni minib” kitobini o‘qishni uyga vazifa qilib berdilar. Do‘kon bor ekan. Olib bering, sinfdoshlarim oldida uyalib qolmay. – O‘g‘lim, axir senga aytgandim-ku. Hozir bir so‘m ham berolmayman. Keyingi hafta akangni to‘yi bo‘lsa… ortiqcha xarajat qilolmaymiz… Bu holatga o‘zim guvoh bo‘lganman. Kitob harid qilishni “ortiqcha xarajat” deb baholash ilm xazinasini rad etish hammamizga tanish manzara. Aksariyat yangi oila qurganlar oyoqqa turib ketishda qiynalishadi. Bo‘yinlariga osilgan qarz, orqaga tortaveradi, tortaveradi. Yo‘qchilik tufayli urush-janjallar kelib chiqadi. Natijada munosabatlarga sovuqlik tushadi. Hatto, guldek oila buzilib ketadi. Baxtsiz oilalar sonining ko‘payib ketayotgani sababini uzoqdan emas, balki o‘zimizdan qidirsak yaxshi bo‘lardi. Avloniy o‘sha asarida bugungi kunning ham dolzarb muammosi bo‘lgan madaniyat va “ommaviy madaniyat”ning farqiga e’tiborimizni qaratgan. “Ba’zi yoshlarimizga o‘xshash usti yaltiragan, ichi qaltiragan bo‘lib, boshlariga Yyevropa qalpog‘ini kiyub “Madaniyat!”, “Madaniyat!” deb og‘izlarini ko‘pirtirub, oz-moz musulmoncha, chala-yarim ruscha so‘zlashub kulgu bo‘lib yurmak madaniyat bo‘lmay, masxarabozlikning bir shu’basidir”, deya keskin fikr bildiradi. Atrofingizga teranroq nazar tashlasangiz, o‘zini madaniyatli bilib, chet el xo‘rozqandi bo‘lsa yotvolib yalaydigan insonlar hali ham ozaygani yo‘q. – Voy o‘libgina qolay… Bolam, bu nima turish. Nima qo‘shnimizni iti taladimi seni? Soching nimaga bunday titilib yotibdi? Iya, yirtiq shim bilan qaerga ketyapsan? Olib kel bu yoqqa, tikib beraman. Ko‘ylagingning yarmi nega osilib yotibdi? – Eyy, buvijon, siz nimaniyam tushunardingiz. Axir, bu moda-ku. Hozir zamon o‘zgargan… Bunday suhbatlarga ko‘p guvoh bo‘lamiz va dilimiz g‘ashlanadi. Nahotki, yirtiq shim, taralmagan patala soch zamon talabi bo‘lsa… Avloniyning fikricha, kishilar chinakam madaniyatli bo‘lishi uchun yoshlarni shunga monand tarbiyalash, ta’lim-tarbiya berish uchun mohir adib va adibalar yetishtirish, yoshlarni ishbilarmon, tadbirkor qilib voyaga yetkazish, zamonga muvofiq harakat qilish, turli illatlardan saqlanish, o‘zlikni unutmaslik lozim. Darhaqiqat, madaniyat insoniyatning zebu ziynatidir. U bo‘lmasa odamzodga berilgan aqlu zakovat o‘z ishini qila olmaydi yoki yovuz maqsadlar uchungina xizmat qiladi. Madaniyat bor ekan rivojlanish, taraqqiyot bor, insonlar orasida mehr-muhabbat, oqibat, ilm-ma’rifatga chanqoqlik, yaratuvchanlik hissi mavjud. Shuning uchun ham madaniyat to‘lqinlari har bir zamon uchun, har bir xalq uchun muhim. Shu sababli ham Abdulla Avloniyning XX asrda yozgan asari bugun ham o‘z qimmatiga ega. Madaniyat nimadan boshlanadi, degan savolga hech ikkilanmasdan o‘z qalbimizdan, deya javob bergan bo‘lardim. Ko‘nglimiz ezgulikka oshno, yuragimiz poklik chashmasidan suv ichgan, ongimiz yaratuvchanlikka moyil bo‘lsa, etika va estetika qoidalariga o‘z vaqtida rioya qila olsak, demak, madaniyatlimiz. Har kimga ma’lumdirki, dengizlarning to‘lqunlari bir tarafdan ikinchi tarafg‘a ko‘chub yuriydir.Bu kun bir tarafda to‘lqun bo‘lsa, ertasi ikinchi tarafda boshlanub, avvalgi shovullab, qichqirub, shodligindanmi yoki boshqa bir sababdanmi bir necha sajin yuqoriga sakrashub turgon yerlari sukut va sokit bo‘lub qoladir. Shunga o‘xshash Bani bashar (Odam bolalari) orasida ham madaniyat to‘lqunlari quvishub va surishub yuriydir. Bir asr ichinda taraqqiy va madaniyat dunyosinda g‘o‘ta urub, suzishub yurgan bir qavmni ko‘rasanki, ikinchi asrda tanazzul dunyosiga yuzlanub, vahshiylik olamining eng og‘ir nuqtasiga borub yetadur. Buning sababi ijtihod va g‘ayratning ozayuvi, ittifoq, insof va adolatning yo‘qoluvi, xalqning ilmu ma’rifatdan uzoqlashub, buzuq ishlarga mayl va rag‘batlari ortuvidir. Har bir millat maishat tarafindan taraqqiyga yuz qo‘ymasa, ma’naviy tarafdan, ya’ni ma’rifat tarafidan ham taraqqiy qilolmas, bir kishining o‘z maishatiga yetarlik molu ashyosi bo‘lmasa va bularning sababiga harakat qilmasa, moddiy va ma’naviy ishlarni qilmoqdan ojiz qolur. Va bunday ochu yalang‘och o‘z avqotini o‘tkaraolmayturgan bir xalqga ma’rifat, madaniyat, ulum va funundan dars vermak munosib bir ish o‘lmasa kerak, chunki faqir xalqlarning kecha-kunduz fikri-zikri non topmak va bola-chaqasining qornini to‘yg‘uzmakdir. Taajjubki, mamlakatimizning yerlari, o‘simlik tuprog‘i barakatlik bo‘lib turub, yerli xalq och va yalang‘och, boyqush kabi vayronalarda umr o‘tkaradirlar. Qariya va qishloq odamlarini bir tarafga qo‘yub turib, shahardagi madaniylarimizga ko‘z solsak, madaniyat to‘lqunlari bizlarni kemalarimiz ila qayu yerga olib ketub turg‘onlig‘i ochiq ma’lum bo‘ladir. Xalqimizning yuzdan to‘rtini boyga, ikisini ulamoga, uchini eshonga, beshini dehqonga chiqarsak, qolgan 86 si ko‘mirchi, temirchi, yamoqchi, fanarchi va qorovulchilik kabi eng past xidmatlarda turub, kunlik avqotlarini zo‘rg‘a o‘tkazadilar. Bularning orasida oyda, yilda bir martoba go‘sht, yog‘ ko‘rmay umr o‘tkaradurg‘onlari, butun yilni(ng) birgina kiyim ila o‘tkaradurg‘onlari, hifzi sihhat qaysi, madaniyatni na ekanini tushunmaydirganlari ko‘bdir. Bularga oni tushundirmak, yerdan turub, yulduzlarga qo‘l so‘zmak ila barobardir. Bu taraqqiy zamoni va madaniyat asri, bilmam, bizni na yerga olib borajak, ibrat ko‘zi ila Eski shahrimizning musulmon dahalariga nazar solgan kishi har mahallada yuzdan to‘qson xonalarni(ng) buzilgan, yorilgan, vayrona va inqiroz dunyosiga yuzlangan bir holda ko‘radir. Go‘yo bu xonalarning devorlari, tomlari lisoni hol ila bizni ilmsizlik, tarbiyasizlik, to‘y deb minglarcha aqchalarni behuda isrof qilmak, to‘ylarda jomafurushlik qilmak vayrona va xarobazorlikg‘a soldi, deyurlar. Emdi, vayrona sohiblarini faqir va xorlikda yashagan, bola-chaqalarini qo‘l kuchi ila to‘ydiradirgon, to‘y degan yerda muqaddas Vatanini sotub, sarf qilmoqdan tortinmaydirgan «hoziram huzuram» deb istiqbolini o‘ylamagan va bolalarining saodatini tushunmagan bir qavmdan qanday taraqqiy, madaniyat va ma’rifat kutmak kerak? Och-yalang‘och, kulfat, mehnat va zahmat balolari orasida o‘ralib qolgan bir qavmga: «Madaniyatga kiringiz, maktab solingiz, o‘qungiz, taraqqiy qilingiz» kabi so‘zlarning foydasi o‘lmadig‘i oftobdan ham ravshandir. Bu faqirlikning eng qo‘rqunch to‘lqunlari orasida ezilgan xalqimizni to‘y marazidan qutqarurga tirishmak va iloj istamak lozimdir. Muhtaram o‘quvchilarga ibrat uchun madaniyatning koni, manbai va chiqg‘on yeri o‘lan Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim otosini go‘starajagam. Oltinchi asrda dini mubiyn Islom ila barobar madaniyat dengizlari harakat qildi. Va bu qit’ada yashamish arablar o‘zlari borgan mamlakat va qit’alarga madaniyat suvlarini ham surub bordilar. Oradan bir asr o‘tar-o‘tmas madaniyat to‘lqunlari Osiyodan ko‘chub, Ovrupo qit’asini bosdi. Ovrupolilar hozirgi yigirmanchi asrgacha madaniyat to‘lqunlari ichra yashadilar va bu cholishqon ovrupolilar madaniyat to‘lqunlaridan qo‘rqmadilar, qochmadilar, harakat qildilar, asbob va mashinalar hozirladilar. Va bu madaniyat to‘lqunlarini o‘zlarig‘a asiru musaxxar qilub oldilar. XV asrda madaniyat suvlarini surib, Amriqo qit’asig‘a olib bordilar. Amriqoning yerli vahshiy xalqlari «eshiklaridan oqg‘on suvning qadrini bilmadilar», madaniyatga kirishmadilar, qabul qilmadilar. Ota-bobolaridan qolg‘on odatlarini tashlamadilar, o‘zlaricha vahshatda avratlarini yaproqlar ila o‘rtub, boshlarig‘a tovus patlarini sanchub, yalang‘och goh daraxtlar ustida, goh kafalarda, goh yerto‘lalarda do‘mbira va chirmandalarni cholub, yashay berdilar, madaniyat orqalaridan quvdi, qochdilar. Na yerga borsalar, madaniyat ham bordi, qochib qutulolmadilar, oxirida madaniyat g‘alaba qilib, inqiroz dunyosig‘a kuzatub yubordi. Mana shu jumladan, yarim-yorti vahshatda yashash O‘rta Osiyoga, Turkistonimizg‘a Rusiya hukumati ila barobar madaniyat suvlari kelub kirdi. Hozir yarim asrdurki madaniyat bizni orqamizdan quviyur. Biz qirdan-qirg‘a qochurmiz, qarshimizda maishat mashaqqatlari chiqub hujum qilur, o‘ngimizdan bilimsizlik va jaholat kelub, jonlarimizni siqur, so‘ngimizdan musriflik, faqirlik va bid’atlar chiqub yo‘limizni to‘sur. Dangasalik, yalqovlik, ishsizlik ustimizdan bosub bo‘g‘mak istar.Ajabo! Bizlar hamon bu eskincha romka orasidan chiqub qochmak istamaymiz. Bir oz tushunmak va o‘ylamak lozimki, bu romka orasindan chiqub qochmak va qutulmak mumkinmi? Yo‘qmi? Bizim fikrimizcha, qochmoqning imkoni yo‘q, kutulmaku xalos bo‘lmakning faqat birgina chorasi bordurki, madaniyatni qabul qilmak va madaniyatga kirishmakdir. Lekin kirishganda ham madaniyatning haqiqatini bilmak va haqiqiy madaniyatga kirishmak lozimdir. Ba’zi yoshlarimizga o‘xshash usti yaltiragan, ichi qaltiragan bo‘lub, boshlariga Yevrupo qalpog‘ini kiyub «Madaniyat!», «Madaniyat!» deb og‘izlarini ko‘purturub, oz-moz musulmoncha, chala-yarim ruscha so‘ylashub kulgu bo‘lib yurmak madaniyat bo‘lmay, masxarabozlikning bir shu’basidur. Agarda tabiatning jilovini nafsimiz qo‘lig‘a bersak, ul bizlarni na yerga olub bormasun? Chiroylik va chikka bel qizlari ila o‘ynashmakni, resturan va fivaxonalarga borub, qimor o‘ynamak va ichkulik qilub, tong otquzmakni, bir oz qizishgandan so‘ng odobdan tashqari madaniyatga yarashmagan so‘zlarni aytishmakni, hatto urushmakni, jabr va zulm qilmoqni xohlaydir. Lekin madaniyat qonunida (ustofida) munday fano va buzuq ishlar bo‘lmasa kerak. Madaniy bo‘lmak va madaniyatga kirmak uchun unday yomon sifatlardan saqlanmak va hazar qilmak ila barobar haqiqiy madaniyat ilmi, maishiy va axloqiy ishlar ila uch qismg‘a bo‘linadir. Agar millat bolalari bu xislatni mukammal suratda o‘zlariga darbar olsalar, mana shul vaqtda biz «madaniyatni qabul qilduk, madaniy bo‘lduk» deb lof ursak, maqtansak kulgi bo‘lmaymiz. Download 29.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling