Qatrada quyosh aksi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

AYNULQUZZOT  HAMADONIY

( 1 0 9 9 - 1 1 3 1 )

M ashhur  shayx,  m utafakkir  va  m utasavvif  adib 

Abulmaoliy  ibn  Abdulloh  ibn  Abubakr  Muhammad  ibn 

Ali  ibn  Hasan  ibn  Ali  Miyonjiy  Hamadoniy o‘z davrining 

barcha  ilmlarida tengsiz bo  lib,  «zamon  oriflari  peshvosi», 

«asr  yagonasi»  sifatida  ulug'langan.  Tasavvuf  naza- 

riyotchilaridan  bo‘lib,  o ‘z  faoliyatining  dastlabki  yillarida 

Muhammad  G ‘azzoliy  ta’sirida  bo‘lgan.  Keyin  Abu  Ali 

ibn  Sino  asarlarini  chuqur  mutolaa  qilib,  falsafaga  mayl 

ko‘rsatgan.  U  o‘z  tasawufiy  asarlarida  erkin  mushohada 

yuritib,  ba’zi  qaltis  fikrlarni  bayon  qilgani,  ayrim  diniy 

ahkomlarni tanqid qilgani uchun dorga osib, jasadini o‘tda 

kuydirganlar1.

Aynulquzzot  «bir  necha  yil  qozi  ul-quzzot  —  bosh 

qozi bo‘lib  ishlagan va adolat  yo‘lini tutgan,  diniy ixtilof- 

larga  qarshi  turgan.  Uning  ijtimoiy-axloqiy  fikrlari  0 ‘rta 

Osiyo,  Ozarbayjon  va  Eron  mutafakkirlariga  ta ’sir  o‘t- 

kazgan»2.

Qisqa  umrida  arab  va  fors-tojik  tillarida  o‘zidan  boy 

meros  qoldirgan.  Uning  ilohiy  hikmat  va  tabiatshunoslik 

ilm lariga  oid  «Yazdonshinoxt»  («Xudoni  tanish»), 

tasawufning o‘n asosini talqin qiluvchi  «Tamhidot»  («Te- 

kislash»),  Xudoning sifatlari va zotiga bag‘ishlangan «Zub- 

dat  ul-haqoyiq»  («Haqiqatlar  qaymog‘i»)3,  shuningdek, 

«Tafsiri  Qur’on»  («Qur’on  tafsiri»),  «Maktubot»  («Mak- 

tublar»),  «Sharhi  kalimoti  qisori  Bobo  Tohir»  («Bobo 

Tohir  so‘zlarining  qisqacha  sharhi»)  asarlari  mashhur.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling