ma’lumotni Farg'onada olib, Balx, Hirot va Marv mad-
rasalarida tahsilini kamolga yetkazadi — riyoziyot1, tib,
kimyo, nujum2, hay’at3, falsafa, sarf-u nahv4 kabi o‘z
davrining barcha asosiy ilmlarini o ‘rganadi. Siyosiy
notinchliklar tufayli Iroqqa ketishga majbur bo‘ladi. Arslon
ibn To‘g‘ral va Qizil Arslon saroylarida xizmat qilib, ularga
qasidalar bag‘ishlaydi, Qizil Arslon saroyining malik ush-
shuarosi darajasiga ko‘tariladi. Lekin kufrda ayblanib
saroydan badarg‘a qilingach, shohlar xizmati-yu madhidan
qo‘l yuvib, uzlatga chekinadi. Janubiy Ozarbayjonning
Xalxol shahrida vafot etadi.
Asiriddin Axsikatiydan 120 qasida, 220 g‘azal, 80
qit’a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va taiji’band, 24 fardni o‘z
ichiga olgan 8 ming bayt hajmidagi bir devon yetib kelgan.
Ulviy Koshiy tom onidan ko‘chirilgan ushbu devon
Londonning «India Offis» kutubxonasida saqlanadi. Berlin,
Eron, Hindiston va Dushanbeda ham uning nusxalari
mavjud. Iroq va Xuroson uslublarida ijod qilgan. Davlat-
shoh Samarqandiy uning fozil kishi bo‘lib, donishman-
dona so‘z aytishi, ma’no daryosining g‘awosi5 ekanligi
haqida ma’lumot beradi6.
1
Do'stlaringiz bilan baham: