Qatrada quyosh aksi
‘zingda-yu, izlab yurasan har joyda
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
0 ‘zingda-yu, izlab yurasan har joyda.
ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIY t ( 1 1 0 3 - 1 1 7 9 ) Musulmon Sharqida mashhur tariqat piri, xojagon- naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy boshlang‘ich ta ’limni G ‘ijduvonda olib, 9 yoshidayoq Qur’oni karimni yod bilgan, 10 yoshidan boshlab darveshlarning zikr tushishlarida faol ishtirok etgan. Keyin tahsilni Buxoro shahrining mashhur mad- rasalarida davom ettirgan. Bu yerda u Imom Sadriddin degan zamonasining yetuk allomasidan tafsir ilmini mu- kammal o‘rganadi. Bir kuni u o‘z ustozidan xufiya zikr (yashirin zikr, dil zikri) haqida so‘raydi. Ustozi unga bu ilohiy ilm bo‘lib, uni Xudoning o‘zi xohlagan bandalariga o ‘rgatishini aytadi. Bu suhbatdan bir necha muddat 45
o ‘tgach, Xizr alayhissalom kelib, Abdulxoliq G ‘ijduvo- niyga xufiya zikrdan ta’lim beradi va uni farzandlikka qabul qiladi. Abdulxoliq 22 yoshida Buxoroga kelgan o‘sha davrning dongdor shayxi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048 — 1140) bilan uchrashib, unga shogird tushadi. Xojayi Xizr uning saboq piri bo‘lsa, Xoja Yusuf suhbat va xirqa piriga aylanadi. Yusuf Hamadoniy Xurosonga qaytib ketguniga qadar u buyuk zotning xizmat-mulozamatida bo‘lib, xojagon tari- qatining usullarini mukammal egallaydi (xojagon tariqatini garchand Xoja Abdulxoliq asoslagan bo‘lsa-da, uning ilk urug‘lari Xoja Yusuf tom onidan tashlangan) va ko‘p o‘tmay o‘zi ham yirik tasawuf olimiga aylanadi. Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniyning tasaw uf tarixidagi buyuk xizmati yangi bir tariqatga asos solgani bilangina belgilanmaydi. Xojagon tariqati vositasida u umuman tariqatni Muhammad payg‘ambar sunnatiga muvofiq- lashtirdi, uni turli bid'atlar va botil qarashlardan tozaladi. Shariatga amal qilish, undan chekinmaslikni asosiy qoidaga aylantirdi. Tarkidunyochilik, xilvatni rad etib, jamoat bilan birga bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Olloh muhabbati deb dunyodan kechmaslikka da’vat qildi. Luqma halolligi — har kim o ‘z m ehnati bilan kun ko'rishi zarurligini tariqatning asosiy talabi qilib belgiladi. Bu tariqat taqvo deb haddan oshishni ma’qullamaydi. Axloq masalasi qat’iy qilib qo‘yildi. Bularning barchasi tasawuf taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boidi. Bahouddin Naqshbandga nisbat berib mashhur boigan «Dil ba yor-u dast ba kor!» — «Ko‘ngling yorda-yu qo‘ling ishda bo‘lsin!» shiori ham g‘oya sifatida dastlab Abdulxoliq G ‘ijduvoniy tomonidan ilgari surilganligi bejiz emas. Abdulxoliq G ‘ijduvoniy ruhidan tarbiya topgan va naqshbandiya silsilasiga asos solgan Xoja Bahouddin Naqshband bu shiorni o‘z tariqatining asosiy qoidasi qilib olgan (Voqean, naqshbandiyaning o‘zi ham xojagon silsilasidan o ‘sib chiqqan bo‘lib, xojagon- 46
naqshbandiya deb yuritiladi va Abdulxoliq G ‘ijduvoniy uning boshlovchisi (sarhalqayi silsila) hisoblanadi). Xo- jagon-naqshbandiyaning real hayotiy shart-sharoitlar, insonning mavjud imkoniyatlariga asoslanganligi uning hamma zamonlar va barcha tabaqalar talabiga javob beradigan zamini mustahkam tariqat ekanligidan dalolat beradi. Shariat andozasiga solingan, bid’at va nuqsonlar- dan xoli Abdulxoliq G ‘ijduvoniy yo‘lining asrlar davomida tariqatda hujjat va barcha guruhlarda maqbul, deb e ’tirof etib kelinayotgani va Turkiston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Iroq, hatto Shimoliy Afrikada keng tarqalgan xojagon-naqshbandiya tariqatining hozirgi kunda ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsa- tayotganligining sabablari shunda. Xojalar ahlining xojasi Abdulxoliq G ‘ijduvoniy qabri G ‘ijduvon shahrida tabarruk ziyoratgoh hisoblanadi. Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy tasavvuf olamida mash- hur ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab yetishtirgan. Uning vafotidan keyin xojagon tariqati Xoja Orif Revgariy (Mohitobon), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Sayyid Mir Kulol Buxoriy, Xoja Bahouddin Naqshband kabi o ‘z zamonasining dongdor shayxlari tomonidan davom ettirilgan va keng shuhrat qozongan. Abdulxoliq G ‘ijduvoniy o ‘z ta’limotini va’zlari orqali targ‘ib qilish bilan kifoyalanmay, bir qator risolalar ham yozgan. «Odobi tariqat» («Tariqat odobi»), «Risolayi sohibiya» («Do‘stlik risolasi»), «Az guftori Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy» («Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniyning ba’zi so‘zlari»), «Risolayi shayx ush-shuyux Hazrati Yusuf Hamadoniy» («Shayxlar shayxi Hazrati Yusuf Hamadoniy haqida risola») asarlari shular jumlasidandir. U go‘zal so‘fi- yona ruboiylar ijodkori sifatida ham ma’lum va mashhur. Lekin avliyo shoirning badiiy ijod namunalari bizgacha deyarli yetib kelmagan. Biz turli manbalardan uning 25 ta 47
ruboiysini topib, o‘zbek tiliga taijima qildik1. Ular musul- mon Sharqida mashhur tariqat shayxining she’riy salohiyati ham yuksakligi, manaman degan so‘z san’atkorlari muqo- biliga qo‘yadigan ruboiylar yaratganligini ko‘rsatadi. 1 Gar bir kishidan dilda shikoyat bo'lgay, Dil og‘rig‘i undan benihoyat bo‘lgay, Hech o‘ylama intiqom2 olishni, chunki Yomonga yomonligi kifoyat bo‘lgay.
Dunyo g‘amidan har kishi xoli bo'lgay, Unga bu jahon zarra misoli bo‘lgay. Haq berganini xalqqa ato aylasa kim, Olam elining sohibkamoli boigay. 3 Poklashga agar dilingni mashg‘ul bo‘lasan, Odob-u muomalada ma’qul bo‘lasan. Boq yaxshi-yomonga rahmat ko‘zi bilan, Haq nazdida shoyad eng suyuk qul bo‘lasan! 4 Insonga go‘zal xulqi emish husn-u jamol, Topgay u go'zal xulqi bilan fazl-u kamol. Haq rahmatiga agar yetishmoq tilasang, Sharti shuki: xulqingni mukammal qila qol! 5 Yop ayb-u gunohini har odamini, Dunyo g‘amini o'ylama, chek dil g‘amini. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling