Qatrada quyosh aksi


Qarang:  Abdulloyev  A.  Adib  Sobiri  Tirmiziy  (Zam on,  hayot  va


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

Qarang:  Abdulloyev  A.  Adib  Sobiri  Tirmiziy  (Zam on,  hayot  va 

ejodiyoti  o ‘).  —  Dushanbe,  1969.  S.  26.

40



Adib Sobir ham tuhmatga uchrab, saroydan chetlatiladi — 

tog‘li  Badaxshonning Rovan nomli mavzesiga surgun etiladi. 

So‘ng  u  haj  bahonasida  Arabistonning  qator  shaharlarini 

aylanib  chiqadi.  Safardan  qaytgach,  yana  Abulqosim  Ali 

saroyiga yo‘l  topadi.  Ko‘p o‘tmay,  Sulton  Sanjar saroyiga 

da’vat  qilinadi.

Adib  Sobir  Sulton  Sanjar  saroyining  yetakchi  shoiri 

bo'lish  bilan  birga,  saljuqiylar  saltanatining  siyosiy 

hayotida ham faol ishtirok eigan.  Davlatshoh Samarqandiy: 

«Sobir  Sulton  Sanjar  va  uning  arkoni  davlati  oldida  aziz 

va muhtaram edi»1.  — deb yozadi.  1143-yili  Sulton  Sanjar 

o ‘z  saltanatiga  qarshi  kayfiyatda  b o igan  xorazmshoh 

M uhammad  Otsizning  xatti-harakatlaridan  xabardor 

bo‘lib  turish  uchun  uni  Xorazmga  elchi  qilib  yuboradi. 

Elchi-shoir  bu  ikki  hukmdoming  o‘zaro  munosabatlarini 

yaxshilash,  ular  o ‘rtasida  tinchlik-totuvlikni  saqlashda 

muhim  rol  o‘ynagan.  Lekin  xorazmshohning  xoinona 

rejalariga  xalaqit  bergani  uchun  1147-yili  u  josuslikda 

ayblanib,  Amudaryoga  cho‘ktirilgan.

Taniqli  tojik  adabiyotshunosi  Ahmad  Abdulloyev  bir 

necha  yillardan  buyon  Adib  Sobir  hayoti  va  ijodini 

o‘rganish,  merosini  izlab  topib,  nashr  etish  bilan  jiddiy 

shug‘ullanib  kelmoqda.  Uning  sa’y-harakatlari  natijasida 

shoir  asarlari  Tojikistonda  3  marta  chop  qilindi  (1965, 

1981,  1983).  Olim Adib  Sobir hayoti va  ijodiga bag‘ishlab 

maxsus  risola ham yozdi.

Adib  Sobir  ulkan  devon  sohibi  bo‘lsa-da,  u  bizgacha 

to‘la yetib kelmagan. A. Abdulloyevning guvohlik berishicha, 

hozirgacha  shoir  asarlarini  o‘z  ichiga  olgan  4  ta  devon 

ma’lum  —  ular  Angliyadagi  «India  Offis»  kutubxonasi, 

Britaniya  muzeyi,  Ozarbayjon  FA  qoMyozmalar  fondi  va 

Tojikiston  FA  Sharqshunoslik  institutida  saqlanadi2.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling