1
G ‘am olamidan gohida ketging keladi,
G oh manguga istiqomat etging keladi.
0 ‘tgan hayotingda qoyil etding nimani,
Endi go‘zal oqibatga yetging keladi?!
2
Xalqdan tilama, bermasa ko‘ng!ing qoladi.
Berganda esa joningga minnat solädi,
Haqdan so ‘ra, bor mushkuling oson bo‘ladi,
Gar bermasa ham seni umidvor qiladi...
MUHAMMAD G‘AZZOLIY
I
( 1 0 5 8 - 1 1 1 1 )
Mashhur ilohiyot olimi, tasawuf nazariyotchisi, fay-
lasuf, faqih Abu Homid Muhammad ibn Muhammad
Tusiy Xurosonning Tus shahrida tug‘ilgan. Nishopurda
ash’ariy maktabi ulamosi Juvayniy qo‘lida tahsil ko'rgan.
Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat
qilgan, 1091—1095-yillarda Nizomiya madrasasida dars
bergan. Ismoiliylar Nizomulmulkni o‘ldirganlaridan keyin
haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, 1096—1106-yillarda
Damashq va Tusda yashagan. Nizomulmulkning o ‘g‘li
Faxrulmulk taklifiga ko‘ra yana 1106— 1110-yillarda Nizo
miya madrasasida mudarrislik qiladi. 0 ‘limidan sal oldin
ona shahriga qaytib, shu yerda vafot etadi.
Asosiy asarlari: «Ihyo-u ulum id-din» («Diniy ilmlarni
tiriltirish»), «Kimyoyi saodat» («Saodat kimyosi»), «Ma-
qosid ul-falsafa» («Falsafa maqsadlari»), «Tahofut ul-
falosifa» («Faylasuflarni rad etish»), «Nasihat ul-muluk»
(«Hukmdorlarga nasihat»).
37
G ‘azzoliy o‘z asarlarida islom ilohiyoti tizimini ishlab
chiqib, uni falsafiy jihatdan asoslashga intilgan, islom va
tasavvufni o ‘zaro qo‘shib talqin etgan1. Chunonchi,
«Ihyo-u ulum id-din» asarida tasawuf va islomni murosaga
keltirib, bir-biriga chambarchas bog'ladi. Shundan so'ng
tasawuf tariqatiga kiruvchilar uchun shariatga rioya etish
qat’iy qonunga aylandi. G ‘azzoliy fanoni tasdiqlasa-da,
Mansur Halloj olg‘a surgan hulul, ya'ni so‘fiyning Ollohga
qo‘shilib, singib ketishini rad etadi. G ‘azzoliy fikricha,
fano Ollohga ruhan yaqinlashish, xolos»2. U Aristotel-
ning Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino kabi Sharqdagi
izdoshlari bilan «olamning yaratilganligi, koinot abadiyligi,
ruhning oMmasligi muammolari, sababiyat nazariyasi va
hokazo bo‘yicha bahs yuritgan. Islom tafakkuri va o‘rta asr
Yevropa falsafasiga barakali ta’sir ko‘rsatgan»3.
Qur’onni mukammal sharhlab, islom qoidalarini ilmiy
asoslab bergani uchun zamondoshlari tomonidan «Hujjat
ul-islom» («Islom dalili») deb ulugMangan.
G ‘azzoliyning «Kimyoyi saodat» asari XIX asrda Shar-
qiy Turkistonda Muhammad Iso tomonidan o‘zbek tiliga
o ‘girilgan. Yangi davrda Alouddin Mansur va Rashid
Zohidlar undan parchalar tarjima qildilar4.
1 Bu haqda qarang: Islom. Ensiklopediya. 300-bet; Abduqodirov A.
Do'stlaringiz bilan baham: