Qatrada quyosh aksi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

UMAR  XAYYOM

( 1 0 4 8 - 1 1 2 3 )

Buyuk  m atem atik,  munajjim,  faylasuf,  hakim  va 

m utafakkir  shoir  sifatida  dong  taratgan  G ‘iyosiddin 

Abulfath  Umar  ibn  Ibrohim  Xayyom  Nishopuriy  Nisho- 

purda  chodir  (xayma)  tikuvchi  kosib  oilasida  tug‘iladi 

(uning  taxallusi  ham  otasi  shug‘ullangan  kasb  nomidan 

olingan:  Xayyom  —  ch o d ir  yasovchi  usta,  chodir 

tikuvchi, chodirchi). Yoshligida Balxga kelib, o‘sha davming 

taniqli  ulamolaridan  Muhammad  Mansur  qo‘lida  tahsil 

oladi.  Saljuqiy  shahzodalar  o ‘rtasida  toj-taxt  uchun 

kurashlar  avjga  mingan  davrda  Balxni  tark  etib,  aw al 

Samarqand  qozikaloni  Abu  Tohir,  keyin  Buxoro  hokimi 

Shamsulmulk  Qoraxoniy  dargohida  yashaydi.  26  yoshida 

saljuqiy  hukmdor  Jaloliddin  Malikshoh  va  uning  ma’ri- 

fatparvar vaziri  Nizomulmulk da’vatiga  binoan  Isfahonga 

kelib,  rasadxona  tashkil  etadi.  Rasadxonada  faoliyat 

ko‘rsatgan  olimlar  1074—1079-yillar  mobaynida  Xayyom 

boshchiligida  yangi  va  nisbatan  mukammal  yil  taqvimini 

ishlab chiqadilar.  Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin 

joriy  qilingan  G rigorian  kalendaridan  ham  aniqroq 

bo‘lgan.

Umar Xayyom  ilmda  ham,  ijodda  ham  o ‘zini Abu  Ali 

ibn  Sinoning  hassos  va  sadoqatli  shogirdi  hisoblagan.  U 

ustozining  bir  qator  asarlari  (jumladan,  «Xutba»  falsafiy 

risolasi)ni  arabchadan  forschaga  tarjima  qilib,  sharhlab 

beradi,  uning g‘oya  va  qarashlarini  davom  ettiradi  hamda 

targ‘ib qiladi. «Risolat ul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning 

vazifalari haqida risola»),  «Risola fil-vujud» («Borliq haqida 

risola»),  «Risola  fi  kulliyoti  vujud»  («Borliqning  umu- 

miyligi haqida risola») kabi falsafiy asarlarida  Ibn  Sinoning 

vorisi va izdoshi sifatida namoyon bo‘ladi.  Uning Ibn Sinoga

31



e’tiqodi  shunchalik  baland  bo‘lganki,  hatto  «Ash-shifo» 

kitobini  qo‘lida tutib jon  bergan.

1077-yilda  u  yunon  olimi  Yevklid  kitobidagi  bir necha 

geometrik shakllarni sharhlab yozgan  «Risola fi sharhi  mo 

ashkala  min  musodarat  kitob  ul-Iqlidis»  («Yevklid  kitobi 

muqaddimalaridagi  mushkulotlar  sharhi  haqida  risola») 

asarida butun sonlarning ildizini topish yoMlarini ko‘rsatib 

bergan.  «Risola  fil-barohiyn  ala  masoyil  al-jabr  val- 

muqobala»  («Algebra  va  muqobala  (qarshilik  nazariyasi) 

isbotlari  haqida  risola»),  «Mushkulot  ul-hisob»  («Arifme- 

tika  mushkulotlari»)  asarlarida  u yunon  olimlarining  aniq 

fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, 

ularning qarashlarini rivojlantirgan,  matematik, fizik teng- 

lam alarning  m uodillarini  topgan.  M ashhur  muarrix 

Bayhaqiyning lutf etishicha,  u ayniqsa falsafiy  ilmlar,  ma- 

tematika va mantiqni juda «o‘ziniki» qilib olgan edi.

XII  asr  fors-tojik  nasrining  nodir  namunasi  hisob- 

langan  «Navro‘znoma»  asarida  Navro‘zning  kelib  chiqish 

tarixi,  Sharq  xalqlarining  bu  bayram  bilan  bog‘liq  an’ana 

va marosimlari keng yoritilgan, ko‘plab hikoyat va rivoyatlar 

keltirilgan.

Qismat  o‘yinini  qarangki,  olim  o‘z  umrining  asosiy 

qism ini  sarflagan  fanning  turli  sohalaridagi  buyuk 

kashfiyotlari  bir  chekkada  qolib,  u  ilmiy  izlanishlaridan 

charchagan  paytlarida  turli  daftarlarning  hoshiyalariga 

bitgan  va  ikkinchi  darajali  hisoblagan  ruboiylari  Xayyom 

nomini dunyoga tanitdi.  Mutafakkir shoir ruboiylarida fikr 

qancha teran, mazmun qancha chuqur,  mushohada qancha 

keng,  falsafa qancha salmoqli bo‘lsa,  ifodasi shuncha sod- 

da,  tushunilishi  shuncha  oson,  o‘qilishi  shuncha  yengil, 

ta’siri shuncha kuchli.  U  o‘zidan keyingi Sharq adabiyotiga 

kuchli  ta’sir  o‘tkazganligi  natijasida  faqat  ruboiy  yozgan 

yoki  ijodida  ruboiy  yetakchi  o‘rin  tutgan  ko‘plab  ruboiy- 

navis  shoirlar  yetishib  chiqqan.

32



Umar Xayyom  ruboiylarini  XX  asr boshlaridan  o‘zbek 

tiliga  taijima  qilishga  kirishilgan.  Olimjon  Idris  1914-yili 

«Sho‘ro»  jurnalining  4-sonida  shoirning  bir  necha 

ruboiysini  misrama-misra  tarjima  qilib,  nashr  ettirdi. 

Ju rn aln in g   1917-yildagi  2-,  4 -,  13-,  14-sonlarida 

«M.S.I.Ch.»  imzosi  bilan  uning  yana  bir  qator  ruboiylari 

tarjimasi  e’lon  qilingan1.  Abdurauf  Fitrat  «Fors  shoiri 

Umar  Xayyom»  nomli  risolasida  (1929)  uning  35  ta 

ruboiysini  nasriy  taijimada  keltiradi2.  Keyinchalik  Fattoh 

Abdullayev  uning  14  ta  ruboiysini  she’riy  taijima  qiladi3. 

U m ar  Xayyom  ruboiylari  tarjimasi  asosan  fors-tojik 

adabiyotining  bilimdon  tadqiqotchisi  va  mohir  taijimoni 

Shoislom  Shomuhamedov  nomi  bilan  bogiiq:  faylasuf 

shoir  ruboiylari  uning taijimasida  bir  necha  marta  bosilib 

chiqdi va xalqimiz orasiga keng kirib bordi4. Shoir va taijimon 

Nusrat  Karim  ham  uning  bir  necha  ruboiylarini  taijima 

qilgan5.  So‘nggi  yillarda  Umar  Xayyom  ruboiylari  taniqli 

shoir  va  mutaijim  Jamol  Kamol  va  Ergash  Ochilovlar 

tomonidan  aruzda  —  o‘zining  an’anaviy  vaznida  taijima 

qilina boshlandi6.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling