Qatrada quyosh aksi
Abulhasan Ali ibn Ismoil asos solgan. Ularning dunyoqarashida aql
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
Abulhasan Ali ibn Ismoil asos solgan. Ularning dunyoqarashida aql
diniy an’ana — naqldan ustun q o‘yiladi (Qarang: Islom. Ensiklopediya. 35-bet). 28
Shayxulislom unvoniga sazovor bo‘lgan Ansoriy al- Hiraviy umrining oxirida ko‘z nuridan ajrab, Hirotda vafot etgan. Yusuf al-Hamadoniy Ansoriy al-Hiraviyning eng buyuk izdoshlaridan sanalib, yassaviylik va xojagon tariqatlari mana shu zotga bo rib taqalgan»1. Abdulloh Ansoriyning arab va fors-tojik tillarida ko‘plab asarlari mavjud: «Munojot», «Risolayi dil-u jon» («Dil va jon haqida risola»), «Ganjnoma», «Qalandarnoma», «Kanz ul-solikin» («Soliklar xazinasi»), «Zod ul-musofírin» («Sayr qiluvchilarning y o i ozig‘i»), «Haft hisor» («Yetti qal’a»), «Sad maydon» («Yuz maydon» (maqom ma’no- sida), «Nosoyeh» («Nasihatlar»), «M uhabbatnoma», «Tabaqot us-so‘fiya» («Tasawuf maqomlari»), «Manozil us-soyirin» («Sayr qiluvchilarning manzillari») va bosh- qalar. Arab tilida 6 ming baytdan ziyod she’r yozgan, qator risolalar yaratgan. Jumladan, Abubakr Muhammad Kalobodiy Buxoriyning tasawufga oid mashhur «Taarruf» («Tanishuv») nomli asariga sharh yozgan. Nasriy asarlari ichida kelgan 2000 ta ruboiyni unga nisbat beradilar. Bun- dan tashqari, g‘azal, qit’a va boshqa janrlarda ham qalam tebratgan. 0 ‘zidan keyingi fors-tojik adabiyotiga kuchli ta ’sir ko‘rsatgan: didaktik dostonchilik, saj’li nasr va tasawufiy she’riyatning shakllanishi va taraqqiyotini uning nomi bilan bog‘laydilar. Yusuf va Zulayxo qissasini «Anis ul-muridin va shams ul-majolis» («M uridlar d o ‘sti va majlislar quyoshi») nomi bilan nasrga solgan hamda 14 majlisdan iborat mazkur asarida tasawuf ramzlarini badiiy shaklda dostonning asosiy obrazlari vositasida bayon qilgan. Bu yo‘l keyinchalik Hakim Sanoiy va Nosir Xisrav kabi zabardast so‘z san’atkorlari tomonidan muvaffaqiyat bilan davom ettirildi2. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling