ABDULLOH ANSORIY
4
“
(
1006
-
1088
)
Piri Hirot va Shayxulislom nomlari bilan shuhrat
qozongan zabardast tasawuf olimi, faqih1 va adib Abuismoil
Abdulloh ibni Abulmansur Muhammad Ansoriy Hiraviy
Hirot va Nishopur madrasalarida fiqh2, tafsir, hadis, adab
ilmlarini o‘rgangan. Jumladan, fiqhni imom Sharif Mar-
g‘aziy, hadisni Abulfazl Muhammad Jorudiy, tafsirni Xoja
Yahyo Ammor huzurida o‘qigan.
0 ‘n to‘rt yoshidan sayohatga chiqib, Eron va Xuro-
sonning Balx, Nishopur, Tus, Bistom va boshqa shahar-
larida bir muddatdan yashagan. Rayda Bobo Ko‘hiy va
Abulhasan Xaraqoniy, Nishopurda Abusaid Abulxayr kabi
mashhur oriflar muloqotiga yetishgan va shundan so‘ng
tasawuf yo‘liga kirgan3. Xususan, Boyazid Bistomiy izdoshi
bo‘lgan Abulhasan Xaraqoniy bilan uchrashuvi «uning
hayoti va tafakkurida o‘chmas iz qoldirgan. So‘ngra u Hirotga
qaytib, ta’lim berish bilan shug‘ullangan hamda mo^aziliy4
va ash’ariylarga5 qarshi faol munozaralar olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |