Qatrada quyosh aksi
Abu Ali ibn Sino. She’rlar va tibbiy doston (Tuzuvchi Abdusodiq
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
1 Abu Ali ibn Sino. She’rlar va tibbiy doston (Tuzuvchi Abdusodiq
Irisov). — Toshkent, 1981. 23-bet. 2 Abu Ali ibn Sino. She’rlar va tibbiy doston. 30-bet. 24
shiga turtki boigan. Bu asar ramz-ishoralar bilan yozilgan boMib, allomaning jon, haqiqat, Tangri to‘g‘risidagi fikr- larini bilish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Mashhur Buzurgmehr Anushirvoni Odil uchun sa- vol-javob tarzida yozgan «Piro‘zinoma» («Zafarnoma») nomli hikmat kitobini ham Nuh ibn Mansur amriga ko‘ra 1097-yili Ibn Sino pahlaviy tilidan fors-tojikchaga tarjima qiladi.
«Sarguzasht» asarini Ibn Sinoning o ‘zi boshlab, shogirdi Juzjoniy davom ettirgan — u 1013—1014-yillar- dan umrining oxirigacha alloma bilan birga bo‘lgan. Ibn Sino arab va fors tillarida qasida, g‘azal, qit’a va ruboiylar yozgan hassos so‘z ustasi hisoblanadi. Afsuski, uning adabiy me rosi bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Alloma adib badiiy asarlarining tadqiqotchilari hozircha fors-tojik tilidagi 46 ruboiy, 4 g‘azal, 5 qit’a va 2 bayt she’rni Shayx ur-rais qalamiga mansub sanab, unga nisbat berilgan boshqa she’rlarga biroz shubha bilan qaraydilar. Bu ijod mah- sulining asosiy qismini ruboiylar tashkil etib, ularning bir qismi Umar Xayyomga ham nisbat beriladi. Bundan tashqari, 1957-yili Tehronda chop etilgan devonida Ibn Sinoning 26 ta arabcha she’ri keltirilgan. Ular umrning o‘tkinchiligi, qarilikdan shikoyat, pand-u nasihat va ishqiy mavzularda. Uning bu she’rlaridan irfoniy mavzudagi «Qasidayi ayniya»si mashhur. Abu Ali ibn Sino Eronning Hamadon shahrida vafot etadi. Buyuk allom a m aqbarasidan kech a-k u n d u z sayyohlar, ziyoratchilar qadami uzilmaydi. Sharqda Ibn Sinoni falsafiy she’riyatni boshlab bergan shoir sifatida bilishadi. Chindan ham, bu qomusiy olim Olam va Odam haqidagi ilmiy-falsafiy qarashlarini birinchi bo‘lib she’riyatga singdirdi. Xususan, ruboiylarida uning teran ilmiy fikrlari, keng falsafiy mushohadalarini ko‘ra- miz.
25 |
ma'muriyatiga murojaat qiling