Qattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlari
Download 188.49 Kb.
|
Qattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- QMDJlar ishlab chiqarishda etakchi kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumot
Qattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlariQattiq disk - qattiq magnit dikdagi jamlagich yoki QMDJ (ingliz. hard (magnetic) disk drive, vinchester) - kompyuter xotirasida axborotni saqlab qoluvchi qurilma bo‘lib, magnitli yozish (magnitnaya zapis) printsipi asosida ishlaydi va dunyodagi aksaryat kompyuterlar ushbu qurilma bilan jihozlangan. QMDJlar egiluvchan disklardan (disketalar) farqi bularda axborot ferromagnitli material bilan qoplangan qattiq alyuminli yoki shisha platinkalarga yoziladi va bitta yoki birnecha plastinka disk bitta osga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. QMDJlar disklariga qoplama tariqasida ikki okisli xrom ham ishlatiladi. Birinchi vinchester - qattiq disk 1973 yilda IBM firmasida foaliyat ko‘rsatgan xodim Kennetu Xotonu tomonidan ixtiro qilingan va bu diskning xotirasining xajmi 30Mb dan 2 ta modul bo‘lgan. Zamonaviy kompyuterlarga o‘rnatilayotgan QMDJ larning xotirasining xajmi bugungi kunga kelib 1000 Gb dan oshib ketgan. Diskning ishlash tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi: 1. Diskning sekundiga aylanishlar soni. 2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog‘lik. QMDJlar ishlab chiqarishda etakchi kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumot• Digital Equipment Corporation (DEC) - AQShning kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1957 yilda Ken Olsen va Xarlan Anderson tomonidan tashkil qilingan. • Seagate Technology (Sigeyt Teknolodji) — AQShning Kaliforniya shtatida joqylashgan qattiq disklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1979 yilda kompyuter bozorida yetakchi o‘rinni egallab keladi. • Toshiba Corporation - Xalqaro kontsern hisoblanadi, Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan, kompyuter texnologiyasi va elektronika sohasida foaliyat ko‘rsatadi. • va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud Download 188.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling