Qattiq dispersion muxit


Download 16.16 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi16.16 Kb.
#108148
Bog'liq
JAVOBLAR 6


JAVOBLAR

  1. Zol gel tushunchasi 1980 yildan boshlab, muddat bilan qo’llabnilishi keskinlashmoqda yani bunda moddalar gelsimon xolatga o’tishi zoldan gelga aylanishi xisobiga ushbu atama kelib chiqqan. Zol eritmadagi qattiq zarrachali colloid dispersiya xisoblanadi. Zolning klasifikatsiyalanishi:




ZOL




AEROZOL

LIOZOL

QATTIQ DISPERSION MUXIT


GIDROZOL

ORGANAZOL

Alkooksidlar tarkibi umumiy formulasi M(OR) to’g’ri keladigan, xona xaroratidagi eritmalar. Masalan, yarimo’tqazgichlar texnologiyasida qo’llaniladi. Alkooksidlarning gidrolizi:

Si(OC₂H5)₄ + H₂O → Si( OC₂H5)₃(OH) + C₂H5OH

Si( OC₂H5)₃(OH) + H₂O → Si( OC₂H5)₂(OH)₂ + C₂H5OH

Setka xosil bo’lishida:

Si( OC₂H5)₃(OH)+(OH)( OC₂H5) → ( OC₂H5)₃Si-O- SiOC₂H5)₃+H₂O


  1. Kolloid zarrachalar bazan erituvchining xammasini iviq xolatga o’tqazadi. Erituvchi suv bo’lsa, Gidrogel, agar spirt bo’lsa alkogel , benzol bo’lsa benzogel deb ataladi. Gidrogel- ushbu sistemalar liofil colloid , eritmasidagi colloid zarrachalar koagulyatsiyaga uchraganda yani cho’kkanda o’zi bilan erituvchining bir qismini biriktirib oladi. Ayrim xolatlarda esa barcha erituvchini o’ziga biriktirib oladi va bunda iviq kleysimon cho’kma xosil bo’ladi. Bunda erutvchi sifatida suv ishlatiladi.

  2. Metall zarralari.Bir nechta metall atomlari klasterda kovalent bog‘ lanish ham, metall bog‘lanish ham hosil qilishi mumkin. Metallning nanozarrasi kuchli reaksion qobilyatga ega va ko‘p hollarda katalizator sifatida foydala- niladi Metall nanozarrasi, odatda, muntazam shakllarni - to‘g‘ri oktaedr, ikosaedr yoki tetrodekaedr shaklini qabul qiladi.

  3. Nanoklasterlar turlari va xar biriga tasnif:

Ionlar klasterlari

Ion klasteri NaCl kristalidagi ion bogTanishni tasvirlaydigan klassik rasmlardandir. Agar ion nanozarrasi keragicha katta boTsa, uning tu- zilishi katta oTchamli kristall tuzilishiga yaqin boTadi. 3.18- rasmda NaCl kimyoviy formulasiga mos ion zarra turiga misol tasvirlangan. Bunday ion bogTanishli birikmalar yuqori aniqlikda suratga oluvchi fotoplyonkalarda, molekular fotodetektorlarda, mikroelektronika va elektrooptikaning turli sohalarida ishlatiladi.



Fraktal klasterlar:

Fraktal deb ildizsimon tarmoqlangan tuzilishga aytiladi. Bularga qurumlar, kolloidlar, turlixii aerozollar va aerogellar kiradi.Fraktal - bu shunday obyektki, uning kattalashib o‘sishi jarayonida bitta shakl, tuzilish katta va kichik masshtablarda birday qayta - qayta takrorlanishini ko‘rishimiz mumkin.



Molekulvar klasterlar

Ko‘pchilik klasterlar molekular bo‘ladi. Ularning sonlari va turlari beqiyos ko‘p. Hususan, molekular klasterlarga ko‘pgina biologik mak- romolekulalar misol bo‘ladi.
Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling