Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning erishi testini ishlab chiqish


Download 0.76 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1538000
  1   2   3   4
Bog'liq
Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning


Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning erishi testini ishlab chiqish
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qayd etishga talabgor MDH, xorijiy va mahalliy
dori preparatlarining soni bilinarli darajada oshib ketdi. Ularning katta va asosiy qismini (80% gacha) generiklar (muallifning patent olgan muddati o‘tgandan so‘ng turli korxonalarda ishlab chiqarilayotgan original preparatlar) tashkil etadi. Generik preparatlar xuddi original preparatlarga o‘xshash bir dori turida bir xil dozada biologik faol moddalarni saqlaydi. Shu bilan birga klinik amaliyot bir xil nomdagi, bir xil dozada va bir xil dori shaklida turli korxonalarda ishlab chiqarilgan dori preparatlari turli xil terapevtik samaradorlikni va ular asosida bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirni turlicha namoyon qilishini ko‘rsatdi.
Dori vositalarining biologik ta’siri asosan ularning qon aylanish tizimiga, spetsefik ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘lgan organ va to‘qimaga tushishi xossalari darajasi bilan aniqlanadi. Bu preparatlarning biologik samaradorligi haqida tushuncha beradi. Ko‘p hollarda bir xil nomdagi va bir xil dozadagi dori vositasining
biosamaradorligining turlicha bo‘lishi biosamaradorlik va terapevtik faollik orasidagi bog‘liqlikni bildiradi.
Biologik samaradorlik (BS) - dorining peroral, in’eksiya orqali, ingalyasion va
boshqa yo‘llar bilan organizmga yuborilganda qon oqimiga tushgan dori vositasining bir qismidir. Bilamizki, qon tomiriga yuborilganda BS vosita 100% boshqa yo‘llar bilan (peroral, rektal, mushak orasiga va boshq.) nisbatan kam va deyarli ko‘p hollarda 100% bo‘lmagan qismi qon oqimiga tushadi.
Butun Jahon Sog‘liqni saqlash jamiyatining yo‘riqnomasi asosida biologik samaradorlikning meyori (foizlarda) so‘rilgan dori vositasining miqdori, berilgan dori turidagi (A), xuddi shu dozada ammo standart dori turida (B), berilgan dori vositasining so‘rilish miqdoriga nisbati hisoblanadi, ya’ni BS=(A:B)∙100. Ko‘p hollarda dori vositalarining biologik samaradorligini standart va o‘rganilayotgan dori turini qon plazmasidagi miqdorini nisbiy o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadi. Agarda 100% biologik samaradorlikni namoyon qiluvchi standart dori turi sifatida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qon tomiriga yuborish yuboriladigan in’eksion dori
mumkin bo‘lgan dori shaklidan (vena ichiga turlari, infuziyalar) foydalanilsa, absolyut
biosamaradorlikni (ABS) aniqlash mumkin bo‘ladi.
Shuningdek nisbiy biosamaradorlik (NBS) ham asosiy
ko‘rsatkichlardan
hisoblanadi. U nazorat uchun olingan va tadqiqot olib borilayotgan dori moddasining bir-biriga nisbatan so‘rilish darajasini xarakterlaydi. NBS ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarganda turli seriyalar uchun va turli firmalarda ishlab chiqarilgan dori preparatlarida aniqlanadi. Odatda, NBS dori preparatini bir xil usulda organizmga kiritilishida aniqlanadi. Ba’zan esa NBS dori preparati turli yo‘l bilan yuborilganda ham o‘rganiladi. NBSni aniqlashda dori moddasini bir marotaba yoki bir necha marotaba yuborib, uning qondagi yoki peshobdagi miqdori natijalaridan foydalanib aniqlanadi.
Shuningdek, NBS qon tomirlariga yuborilmaydigan bir nomdagi ikkita turli dori preparatlarining biologik samaradorligini qiyosiy baholash maqsadida ham qo‘llaniladi.
Peroral yuborilgan asosan jigarda metabolizmga uchraydigan dori preparatlari uchun umumiy biosamaradorlik tushunchasi qo‘llaniladi. Umumiy biosamaradorlik
– qabul qilingan va so‘rilish jarayonida yuqori metabolizmga uchragan, ya’ni o‘zgarmagan holda, hamda metabolit holida qon oqimiga tushgan preparat dozasining bir qismidir.
Tabletkalar ikki tomoni yassi, qabariq yoki xoshiyali, silindr shaklida bo‘lib, diametri 3 - 25 mmgacha bo‘lishi mumkin.
25 mmdan ortiq diametrga ega bo‘lganlari shartli ravishda briket deb yuritiladi

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling