Qattiq jisimlarda diffuziya hodisalari
Download 267.14 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1 Qattiq jismlarda diffuziya
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI ―KOMPYUTER INJINIRING‖ FAKULTETI 810-22-GURUX TALABASI QATTIQ JISIMLARDA DIFFUZIYA HODISALARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN Qattiq jismlarda diffuziya xodisasi Reja: 1. Diffuziya nima? 2. Diffuziyaning vujudga kelish. 3. Atomning vakansiyaga siljish energiyasi. 4. Diffuziyani aktivlashtirish energiyasi. Diffuziya ( lotincha : diffusio — singish, tarqalish) — molekulalar , atomlar , ionlar va kolloid zarralarning tar-tibsiz issiklik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga oʻz-oʻzidan oʻtishi, birining ikkinchisiga singib ketishi. Diffuziya gaz, suyuklik yoki qattiq jismlarda boʻladi va tezligi moddaning zichligi va qovushoqligi, temperatura, diffuziyalanuvchi zarraning tabiatiga va h. k.ga bogʻliq. Temperatura koʻtarilishi bilan Diffuziya tezlashadi. Bir aralashmali sistema (bir modda)dagi Diffuziya oʻz diffuziya, koʻp aralashmali sistema (gaz, suyuq yoki qattiq eritmalar)dagi Diffuziya geterodiffuziya deyiladi. Fan va texnika sohalarida Diffuziya ning ahamiyati katta; kimyoda Diffuziya usuli erigan moddaning molekulyar ogʻirligini aniqlashda qoʻllaniladi. Biologiyada oziq moddalarning soʻrilishi va yutilishi hamda moddalar almashinuv mahsulotlarining chiqib ketishida Diffuziya ning ahamiyati bor. Texnikada terini oshlash, gazlamani boʻyash, metallarni sementlash va azotlash, metallarda himoya qrplama hosil qilishda qoʻllaniladi. Geologiyada Diffuziya moddalarning quyuqdan suyuqqa, issiqdan sovuqqa, namdan quruqqa tarqalishiga aytiladi. Foydali qazilma konlarini izlashda Diffuziya ning roli juda muhim. Diffuziya natijasida konlar bor joylarda rudalarni birlamchi va ikkilamchi areal (joy) lari hosil boʻladi. Bular oʻz navbatida maʼdan konlarini qidirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Fizikada molekulalar (atomlar) Diffuziya sidan tashqari oʻtkazuvchanlik elektronlari, kovaklar, neytronlar va b. zarralar Diffuziyasi ham oʻrganiladi. Diffuziya jarayonida moddaning konsentatsiyasi butun maydon bo’ylab tenglashguniga qadar modda malekulalari konsentratsiyasi yuqori qismidan past qismiga qarab otadi. Bu jarayonda energiya sarf bolmaydi.malekulalar hujayra sitozoli orqali diffuziya natijasida harakatlanishi mumkin.bunda bazi malekulalar plazmatik membrana orqali harakat qila olishi mumkun.bundan tashqari har bir malekula oz konsentratsiya gradiyentiga ega va shu orqali ular tarqaladi. Masalan biron hujayraga diffuziya natijasida kislarod kirsa, bu hujayradan shu kislarodning kirgan yerigacha karbanat angidridi chiqib ketadi. Qattiq jismlar uchun atomlarning kristall panjarada tartibli joylashishi xarakterli bo`lsa -da, har holda atomlar panjarada ham siljishi mumkin. Asosan, kichik tebranishlar xarakterida bo`lgan issiqlik harakatlar ba’zi hollarda atomlarning panjaradagi o`z o`rinlarini batamom tark etishlariga olib keladi. Atomlarning bunday ajralishi mumkin ekanligi qattiq jismlarnijng bug`lanishi mumkinligidan dalolat beradi. To`g`ri , bug`lanishda atomlar mutlaqo ajralishi mumkin emas deb aytishga hech qand ay asos yo`q. Atomlarning panjara tugunlaridagi o`z o`rinlarini huddi shunday tark etishlari tufayli kristallarda Shottki va Frenkel nuqsonlari yuzaga keladi. Atomlarning ana shunday ajralishi va kelgusida kristalldagi siljish tufayli qattiq jismlarda di fuziya ro`y beradi. Gazlardagi singari qattiq jismlarda ham zarralarning issiqlik xarakati energiyasi turlicha bo`ladi. Shuningdek, har qanday temperaturada ham shunday atomlar ulushi bo`ladiki, ularning energiyasi o`rtacha energiyadan ancha ortiq va bu at omlarning panjaradagi o`rinlarini tark etib, yangi o`rinlarini egallashi uchun yetarli bo`ladi. Temperatura qancha yuqori bo`lsa, bunday atomlar soni shuncha ko`p bo`ladi. Shuning uchun temperature ortgani sari D diffuziya koeffitsien ti tez (ekcponensial qonunga muvofiq) ortadi. Biroq yetarlicha katta energiya atomlar soni hamma vaqt kam bo`ladi (agar temperaturasidan ancha past bo`lsa), shuning uchun qattiq jismda diffuziya gazlar va suyuqliklardagiga qaraganda sekinroq protsess bo`ladi. Masalan, misning oltinda diffuziyalanish koeffitsienti 300 0 Download 267.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling