Qattiq jism fizikasi fanining ishchi o’quv dasturi


Talabalar bilimini baholash mezonlari


Download 49.89 Kb.
bet7/8
Sana03.02.2023
Hajmi49.89 Kb.
#1151950
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qattiq jism kunduzgi

Talabalar bilimini baholash mezonlari

  1. Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 baholik tizimda baholanadi.

Malakaviy Seminarot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadvdot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5 bahok tizimda baholanadi.

  1. Talabaning fan bo’yichao’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:

5 (a’lo) baho:
xulosa va qaror qabul qilish;ijodiy fikrlay olish;mustaqil mushoxada yurita olish;olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;mohiyatini tushunish;bilish, aytibberish;tasavvurga ega bo’lish.
4 (yaxshi)baho:
mustaqil mushoxada yurita olish;olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;mohiyatini tushunish;bilish, aytib berish;tasavvurga ega bo’lish.
3 (qoniqarli) baho:
mohiyatini tushunish;bilish,aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
2 (qoniqarsiz) baho:
dasturni o’zlashtirmaganlik; fanning moxiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustakil fikrlay olmaslik.

  1. Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash mezonlari ishlab chiqiladi va talabalarga e’lon qilinadi.

  2. Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofiq talabaning o’zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniqbaholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun mas’uliyat fan o’qituvchisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi.

Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chiqqan holda nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, laboratoriya va hisob-grafika ishlari, Seminar va seminar mashg’ulotlari materiallari hamkiritiladi.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
1. Seminar mashg’uloti

    1. Talabalarni Seminar mashg’ulotlarga to’la qatnashib, fanning turli bo’limlari bo’yicha misol va masalalarni auditoriyada yechishlari talab qilinadi. Har bir masala ishlanish darajasiga qarab 5 baho tizimda baholanadi. Baholarni o’rtachlashtiriladi.

Masalani quyidagicha baholanadi:

  • to’liq yechilgan, bo’lim bo’yicha olgan nazariy bilimlarni masala yechishda to’g’ri qo’llangan bo’lsa – 5 baho.

  • to’liq yechilgan, yechish yo’li to’g’ri tanlangan, ammo uni yechishda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa – 4 baho.

  • yechish uchun kerakli formulalar barchasi to’g’ri tanlangan, ammo uni noto’g’ri echilgan bo’lsa - 3 baho.

  • yechish uchun kerakli formulalar ayrimlari to’g’ri tanlangan bo’lsa, noto’g’ri yechilgan bo’lsa– 2 baho.

Mustaqil ta]lim quyidagicha baholanadi:

    • Mavzu mohiyati to’liq yoritib berilgan, to’g’ri hulosa chiqarilgan va savol bo’yicha ijodiy fikrlari bildirilgan bo’lsa – 5 baho.

    • Mavzu mohiyati yoritib berilgan va savollarga javob berilsa – 4 baho.

    • Mavzu mohiyatini yoritishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa – 3 baho.

Mavzu mohiyatini hato yoritilgan, savollarga javob berilmasa – 2 baho

Download 49.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling