Qattiq jism fizikasi fanining ishchi o’quv dasturi tuzilmasi va mazmuni.
Qattiq jism fizikasi fani kundalik hayotimizning mazmunini tashkil etuvchi elektr va magnetizmni qonun va qonuniyatlarini yuqori ilmiy va nazariy asosda o’rgatishga yo’naltirilgan. Bu fanni o’qimagan bo’lguvchi mutaxassis zamonaviy axborotni uzatish texnologiyalarining mag’zini tushunib eta olmaydi. SHu sababli bu fanni o’qitish fizika ta’lim yo’nalishi uchun dolzarb bo’lgan, shu kunda ham dolzarb va dolzarbligicha qoladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Qattiq jism fizikasi fanining maqsadi zaryadlar va elektromagnit maydonni bir butun sistema deb ular bilan bog’liq bo’lgan fizika qonuniyatlarni o’rganishdan iborat. Fizika va tabiat qonunlari asosiy printsiplariga va tajriba natijalariga asoslangan holda elektromagnitizm xodisalarining va asosiy fizik qonunlarning mazmuni, ma’nosi nazariy fizika metodlari yordamida ochib berishdan iboratdir.
Ushbu fan o’zlashtirish o’qitishning ma’ruza va Seminar mashg’ulotlari ko’rinishida olib boriladi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va
malakasiga qo’yiladigan talablar
1. Umumiy fizika kursida o’rganilgan fizika qonunlar va ularning formulalarini, asosiy fizik printsiplarini ma’nosi, mazmuni tushinishi; Qattiq jism fizikasi qonuniyatlarini eksperementlar asosida tahlil qilishni bilishi; fizik kattaliklarning ma’nosini tushinishi; asosiy fizik qonun va printsiplarni elektr va magnitizm hodisalariga qo’llay bilish kerak.
2.Umumiy talab darajasidagi masalalarni echish va tahlil qilishni. Masalalarni echishda turli metodlarni qo’llay bilishi va ularning qaysi biri berilgan masalani echishda eng qulay ekanligini aniqlay olishi talab etiladi.
Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi.
Fanga umumiy 148 soat ajratilgan bo‘lib, shundan auditoriya mashg‘ulotlari 74 soat bo‘lib, semestr davomida haftasiga 4 soatdan o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |