Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi


Download 39.5 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi39.5 Kb.
#174279
Bog'liq
Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi(1)



Mavzu: QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING

MOLEKULYAR TUZILISHI.

Mavzuning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalari:

Ta’limiy: - moddalarning turli holatidagi molekulyar tuzilishi bilan o’quvchilarni tanishtirish. - turli muhitlarda diffuziya hodisasini o`rganish va undan amaliyotda foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda o`ziga ishonch ruhini tarbiyalash. Jismoniy tarbiya berish. Bolalarda suvga ongli munosabatda bo`lish malakasini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.

Dars materiallari va jihoz1ari: Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk. Fizika fanini o’qitishda o’quvchilarga suvga oid tushunchalarni shakllantirish. (O’qituvchilar uchun qo’llanma. ) E. Turdiqulov. M. Musayeva. Toshkent-2007. Qattiq jismlar molekulyar tuzilishi haqidagi modellar.

Qo’shimcha plakatlar, doska, bo’r.



Ko‘rsatiladigan tajribalar:Havoning nay orqali bir shardan ikkinchisiga o`tishi ( Darslik 9-rasm ).

Asosiy tushuncha va atamalar: - xususiy hajm; xususiy shakl; molekulyar harakat. Tabiatda faqat suv bir vaqtning o`zida uch holatda qattiq, suyuq va bug` holatlarida uchraydigan yagona modda ekanligi.
Darsnins blok-chizmasi




Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliyqism

2 minut.

2.

O'tilganlarni takrorlash

5 minut

3.

"O'zaro bir-birini o'qitish" usuli bilan yangi mavzuni o'rganish

20 minut

4.

Darsni mustahkamlash va yakunlar chiqarish .Bingo o`yini

15 minut

5.

Uyga topshiriqlar

3 minut



Darsning borishi:

O'tilganlar takrorlanib, o'quvchilar baholanadi. Shundan so'ng o'quvchilarni 6 guruhga bo'linadi. Birinchi va to'rtinchi guruhga gazlarning tuzilishi, ikkinchi va beshinchi guruhga suyuqlarning tuzilishi, uchinchi va oltinchi guruhga qattiq jismlarning tuzilishini o'rganish topshiriladi.

O'rganish uchun 5-6 minut vaqt beriladi. So'ngra guruhlardan yarmi olinib qaytadan guruhlar tuziladi va keyin II bobda keltirilgan usulda dars davom ettiriladi. Dars yakunida o'qituvchi kuzatgan va eshitganlariga qarab, o'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni to'g'rilaydi va kamchiliklarini to'ldiradi.

Bunda plakat va modellardan foydalanadi.

Darsni mustahkamlash. Bingo o’yini o`tkaziladi.

Molekulalar tuzilishi bo`yicha farq qilmaydigan moddalar qatorini toping va ustidan chizing.



Muz

tosh

qor

Suv

sut

spirt

Bug`

gaz

kisloroq

Javob: Suv. Muz. Bug`.

Multimediya darslikdan savollar og`zaki muhokama etiladi.

1. Idish hajmining yarmini gaz bilan to'ldirish mumkinmi?

2. Nima sababdan suyuqlik oqadi?

3. Nima sababdan suyuqlik molekulyar harakat tufayli zarrachalarga to'liq ajralib ketmaydi?

4. Moddada uning ayrim molekulalarining hajmi, modda hajmiga tengmi?

Laboratoriya ishini bajarish uchun bir-ikki kun vaqt kerak bo'lganligidan, uning birinchi bosqichi dars vaqtida bajariladi. Diffuziyalanuvchi moddalar darslikda ko'rsatilganidek suvli stakanga margansovka solinganidan so'ng oynali shkafga solib qo'yiladi va keyingi darsga qadar kuzatib boriladi. Shunga o'xshash tajriba uyda ham bajariladi. Laboratoriya ishi natijalari keyingi darsda chiqariladi.



Keyingi dars bosh mavzuni yakunlashga doir bo'lganligidan o'quvchilar bilan qolgan vaqtda "klaster" tuziladi.

Uyga topshiriq. Suv, gaz, qattiq jismlar o'xshash va farqli tomonlarini

ko'rsatuvchi "Venn diagrammasi " tuzib kelish.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling