Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik
Induktorni qizdirish uchun elektr energiyani hisoblash
Download 253 Kb.
|
Mustaqil ish
Induktorni qizdirish uchun elektr energiyani hisoblashYuqori chastotada qizdirish qurilmasining asosiy elementlaridan biri induktor hisoblanib, mis trubalardan tayyorlanadi. Induktor devorining qalinligi generatorning chastotasiga bog’liqdir. 1000 Gts chastota uchun induktor devorining qalinligi 2,7 mm ga teng, 8000 Gts uchun 1,1 mm ga teng. Induktor qizdiriluvchi detal ko’rinishiga mos keluvchi turi ishlatiladi. 3.4- rasmda ishlab chiqarish korxonalarida ko’p qo’llaniladigan ajraladigan induktorning sxemasi keltirilgan. Bunday induktorni ishlash davrida uni sovitish uchun ichidan oqib o’tuvchi suvdan foydalaniladi. Ajraladigan induktorlar mashinali generatorlarga o’rnatilishi mumkin, bu induktorlar yordamida yuza qismlarini qizdirish, avtomobil va traktor vallarini va boshqa zagotovkalarni qizdirib ishlov berishda qo’llash mumkin. Induktorni qizdirish qurilmalarida issiqligini hisoblash uchun detalga zarur bo’lgan harorat rejimini ta‘minlovchi quvvatini aniqlash ham kiradi. Buning uchun quvvat balansi va shu bilan birgalikda issiqlikni qurilmaning hamma zvenolarida saqlanishi aniq bo’lishi zarur, aks holda ishlov beruvchi detallarda nuqsonlar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, quvvatning yetishmasligi va shu bilan birgalikda haroratning tushib ketishi sementatsiyalanuvchi detal yuzasida uglerodga to’yinish talab qilingan qalinligida amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin. Quvvatni, shu bilan birgalikda haroratning oshib ketishi detal yuzasidagi uglerodning kuyishi, strukturasining yomonlashishi, haroratning yuqori ko’tarilishi, yuzada erish jarayonini hosil qilishi ham mumkin. Induktorni hisoblash uchun asosiy ma‘lumotlar 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Induktorni hisoblash uchun asosiy ma‘lumotlar
3.4-rasm. Ajraladigan qizdirish induktorning sxemasi: 1,2 – kontakt kolodkalar; 3 – qisqich; 4 – suv quvur; 5 – induktorni pastki ajraluvchi qismi; 6-silindr tutgich; – pnevmatik silindr; 8, 9 – shtutser; 10 – pastki quvur; 11 – suv quvuri; Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling