Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik


METALLARNI INDUKSION QIZDIRISH JARAYONLARI


Download 253 Kb.
bet5/9
Sana24.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1395559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

METALLARNI INDUKSION QIZDIRISH JARAYONLARI


Alanganli pechlarni qizdirish jarayonidan bir qancha tezlik bilan qizdirishi bilan induksion qizdirish texnologik jarayoni asosiy o’rin tutadi. Yuqori tezlikda qizdirishni bunday usuli bir qancha afzalliklarga ega:

  • deformatsiyalanuvchi zagotovka uchun metall sarfini iqtisod qiladi;

  • texnologik jarayonning ish hajmini kamaytiradi;

  • asosiy jihozlarni ish koeffitsentini oshiradi;

  • ish samardorligini oshiradi;

  • ishlab chiqarishdagi atrof-muhitga salbiy ta‘sirini kamaytiradi.

Induksion qizdirish qurilmalarining ishlash prinsipi sanoat chastotasi va undan yuqori chastotadagi o’zgaruvchan tok elektr energiyasini avval o’zgaruvchan magnit maydon energiyasiga, bu energiyani esa yana elektr energiyasiga va so’ngra oxirgi ko’rinishdagi energiyani qizdiriluvchi materialda issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslanadi. Ushbu usuldan faqat tok o’tkazuvchan materiallarni qizdirishda foydalaniladi.
Induksion qizdirish zagotovkaga induktor orqali yuqori chastotali tok ta‘siri orqali amalga oshadi. Yuqori kuchlanishli elektr toki induktorga yuborilganda aylanasiga kuchli magnit maydon hosil bo’ladi (2.1-rasm).

Po’latli zagotovka ozgaruvchan magnit maydoni bilan ta‘sirlanadi, magnit kuchi ta‘siri natijasida unda elektro harkatlanuvchi kuch paydo bo’ladi, hosil bo’lgan tok kuchini zagotokaga ta‘siridan qizish boshlanadi (‘2.2-rasm).

2.1-rasm. O’tkazuvchi maydoni atrofidagi elektromagnit sxemasi

2.2-rasm. Induksion qizdirish’
sxemasi: 1 - detal; 2 - induktor;
3 elektr uzatish liniyasi

Induksion qizdirishda bir qancha afzalliklarga erishish mumkin: sirt yuzasidagi afzallik, ish samaradorligi, aylanma usul, qizdirilayotgan metallni fizikaviy xususiyatini o’zgarishi.
Sirt yuzadagi afzallik – metallarni induksion qizdirishda asosiy aniqlovchi hisobanadi – natija, ya‘ni o’tkazuvchi orqali kelgan o’zgaruvchan tok kuchi butun tana bo’ylab notekis taqsimlanadi.
Katta zichlikga ega bo’lgan tok o’tkazuvchanlik yuzasi bo’ylab kuzatiladi, kichik zichlikda tok uning ichki qismi bo’ylab bir tekisda taqsimlanadi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling