Mustaqil ish mavzu: Boshqaruv samaradorligi


Download 212.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi212.05 Kb.
#1585156
  1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv samaradorligi



 
MUSTAQIL ISH

 
 
 
Mavzu: Boshqaruv samaradorligi 
 
 
 
 
Bajardi: Adashov M 
 
Tekshirdi: Shaislamova M 


Boshqaruv samaradorligi 
REJA: 
17.1 Boshqaruv samaradorligi tushunchasi. 
17.2. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy ko’rsatkichlari. 
17.3. Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Boshqaruv samaradorligi tushunchasi. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy 
ko’rsatkichlari. 
17.1. Boshqaruv samaradorligi tushunchasi. 
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas 
qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada 
aniqlash mumkin. 
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga 
erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. 
Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani 
beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, 
texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish 
samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini 
aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani 
foydalanilgan xajmi yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) 
va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab 
chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat 
o’zgarishlarini yoritadi. 
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash 
uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi 
boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari 
keltirildi: 
- boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi; 
- boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida 
bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi; 


- boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini 
ishlab chiqish va amalgam oshirish); 
- boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab 
chiqarish boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan 
holda); 
- boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar 
va rejali boshqaruv shakllari). 
Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir tushunchaning 
mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi. 
Samaradorlikning o’z mazmuni va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy 
tavsifga ega holat sifatida urg’u beriladi. Samaradorlik turlari har xil 
maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy v 
aiqtisodiy) ifodalaydi. 
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va 
mazkur doirada namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish doirasida va iste’mol 
doirasida. Birinchi holatda xo’jalik hisobida boshqaruv samaradorligi (korxona, 
firma), ikkinchidan esa, xalq xo’jaligidagi boshqaruv samaradorligi ilg’or 
boshqaruv tizimini solishtirma baholash va tanlash, rejalashtirish, 
takomillashtirish va boshqaruvni rivojlantirish uchun xizmat qilish mumkin. 
Ob’ktni baholashga bog’liq holda samaradorlikning to’liq (umumiy) va lokal 
(xususiy) turlarga bo’lish mumkin(11-jadval). Birinchi holda boshqaruv 
tizimini samaradorligi aniqlanadi. Ikkinchidan – boshqaruv resurslarini alohida 
turlaridan foydalanish samaradorligi (mehnat axborot moddiy) aniqlanadi.



Download 212.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling