Qiyin o‘smirlarni tarbiyalash


Download 24 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi24 Kb.
#143725
Bog'liq
3-E kurs Xudiyarova M. 3-topshiriq



Topshiriq 3

"Qiyin o‘smirlarni tarbiyalash" ning korreksion dasturi .

Dasturning maqsadi : g‘azabni plastik ifodalash , g‘azabni xatti - harakatlar orqali namoyish etish va uni o‘z vaqtida o‘ziga va o‘zgalarga zarar yetkazmagan holda ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish ( guruhiy va individual tartibda bajarish mumkin )

Dasturning vazifasi : bolani o‘z g‘azabini plastik va vizual usullar bilan ifodalashga , shuningdek salbiy vaziyatlarga munosabat bildirishga yo‘naltirilgan korreksion ish.

Dastur vaqti : bir oylik ish reja asosida tuzildi . Ikki haftada bir marta o‘tkaziladi , 30 minutdan .


Mashg‘ulot nomi

Maqsad

Mashg‘ulotning borishi

Vaqt

Mashq

G‘azabni plastik ifodalash , g‘azabni xatti - harakatlar orqali namoyish etish va uni o‘z vaqtida o‘ziga va o‘zgalarga zarar yetkazmaydigan holda ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish .

Bolalar ixtiyoriy holatda turib yoki o‘tirib oladilar . So‘ngra ularning eng ko‘p g‘azabini qo‘zg‘atadigan vaziyatlar haqida o‘ylash so‘raladi . Ularga sezgilariga e‘tibor qaratish va tananing qaysi qismlarida ular kuchliroq ligini aniqlash so‘raladi . So‘ngra ulardan turish va o‘zlari his etayotgan his -tuyg‘ularni ( salbiy sezgilarni ) ifodalash uchun maksimal ravishda harakatlanish so‘raladi . Bunda o‘z hatti - harakatlarini nazorat qilmaslik zarur , o‘z his - tuyg‘ularini ifodalash muhimdir .

30 minut



Mashg‘ulot nomi

Maqsad

Mashg‘ulotning borishi

Vaqt

Kerakli jihozlar

Mashq

Bolalarda salbiy emotsiyalarni anglash , ularni ijtimoiy me‘yorlariga asoslangan holda namoyish etish ko‘nikmalarini shakllantirish .

Bolalar o‘z g‘azabining rasmini chizishi( plastin yoki loydan yasash) kerak .

1. Bolada eng ko‘p g‘azab hissi agressiyani keltirib chiqaradigan vaziyatni eslash so‘raladi.

2. Boladan o‘z g‘azabini tanasining qaysi qismida ko‘proq his etishi so‘raladi

3. Bola o‘z sezgilari haqida gapirayotgan paytda undan so‘rash zarur :



" sening g‘azabing nimaga o‘xshaydi " sen uni rasm tarzida ifodalab yoki plastindan yasay olasanmi ? 4. Chizilgan rasmlarni muhokama qilish .


30 minut

Qog‘oz , rangli bo‘rlar , flimaster ( plastin ,loy ).




Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling