Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan kengayishi
Download 64.68 Kb.
|
Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan ke
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddaning murtligi.
- Moddaning qattiqligi.
- Chiziqli kengayish.
Moddaning plastikligi Juda ko`p moddalarning plastikligi ularning elastiklik chegarasidan juda katta bo`ladi. Bunday moddalarga qayishqoq moddalar deyiladi. Ular ham elastik, ham plastik deformatsiyaga ega bo`ladi. Bundaylarga mis, ruh, temir va boshqalar misol bo`ladi.
Mum,loy,plastilin kabi elastik deformatsiya sohasi mavjud bo`lmagan moddalarga esa plastiklar deyiladi. Mahsulotning sinishga qarshilik qilish qobiliyati nafaqat moddaning sifatiga, balki mahsulotning shakliga va ko`rinishiga ham bog’liq bo`ladi. Masalan tayoqchani cho`zishdan ko`ra bir tomonlama siqish yordamida tezroq sindirish mumkin. Moddaning murtligi. Uncha katta bo`lmagan deformatsiya natijasida bo`laklanib ketadigan jismga murt jism deyiladi. Misol uchun shisha, chinni idishlar murt hisoblanadi. Cho`yan, marmar, kahrabo judayam yuqori mo`rtlikka ega. Po`lat, mis, qo`rg`oshinlar esa murt bo`lmagan moddalar hisoblanadi. Murt moddalarning elastiklik va mustahkamlik chegarasi qariyib bir xil. Shuni ta’kidlab o`tish lozimki u yoki bu moddadan ma’lum maqsadda foydalanishda uning murtligiga e’tibor beriladi. Moddaning qattiqligi. Texnikada moddalarning qattiqligi ham muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Ikkita material berilgan bo`lsa ularning qaysinisi ikkinchisining sirtida chizib iz qoldira olsa o`sha qattiq hisoblanadi. Metallarni arralash va kesish uchun ishlatiladigan moddalar, qayta ishlanadiganlariga nisbatan qattiqroq bo`lishi kerakligi shubhasiz.Hozirgi paytda bu maqsadlarda o`ta qattiq qotishmalardan foydalaniladi.Tabiiy moddalar ichida eng qattig`i olmosdir. 2. Qizitilgan jism o`lchamlarining kattalashuvi, sovutilganining esa, kichiklashuvi kundalik hayotdan ma’lum. Haroratning ko`tarilishi natijasida jism chiziqli o`lchamlarining va hajmining ortishiga issiqlikdan kengayishi deyiladi. Harorat ortishi bilan atomlarning to`la energiyasi ortadi, demak issiqlik tebranma harakat amplitudasi ortadi. Natijada qattiq jism zarralarining muvozanat holatlari orasidagi o`rtacha masofa kattalashadi, ya’ni issiqlikdan kengayish ro`y beradi. Chiziqli kengayish. Bizga haroratli va l0 uzunlikli qattiq jism berilgan bo`lsin. Uni bir o`lchamli, ya’ni ko`ndalang kesim yuzasi uzunligiga nisbatan e’tiborga olmaydigan darajada kichik deb olamiz. Jismni T haroratgacha, ya’ni haroratga isitaylik. Natijada uning uzunligi gacha, yaniga ortadi. Qizigan jismning uzunligi harorat o`zgarishiga chiziqli bog’liq. Download 64.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling