Qattiq jismlarning zichligini aniqlash


Download 76.5 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1123824
  1   2   3
Bog'liq
QATTIQ JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH

QATTIQ JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lgan jismlarning zichligini aniqlash, xatoliklarni hisoblashni o‘rganish va gidrostatika qonunlari bilan tanishish.
Kerakli asbob va buyumlar: texnik tarozi, tarozi toshlari, zichligi topiladigan aniq shakldagi jismlar, silindrik idish va ilmoqli ustuncha.


NAZARIY QISM
Ma’lumki har xil moddalar ya’ni metallar, minerallar, suyuqlik va gazlarning hajmlari birday bo‘lganda, massalari turlicha bo‘ladi. Aksincha massalari bir xil bo‘lgan turli moddalarning hajmlari turlicha bo‘ladi. Masalan, massasi 1 t bo‘lgan temir g‘o‘la 0,13 m3 hajmga ega bo‘lgan xolda 1 t muzning hajmi 1,1 m3 ga teng bo‘ladi, ya’ni muzning hajmi 9 marta katta. Buning sababi moddalar bir-biridan "zichlik" deb ataluvchi kattalik bilan farq qiladi.
Moddaning zichligi, uning hajm birligidagi massasi bilan o‘lchanadigan miqdordir. Agar zichlikni , jism massasini m va uning hajmini V bilan belgilasak, zichlik formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:
(1 )
Xalqaro birliklar sistemasida (SI) zichlikning birligi qilib, har bir m3 hajmda 1 kg dan massaga ega bo‘lgan bir jinsli jismning zichligi kg/m3 deb qabul qilingan.
Aniq shaklga ega bo‘lgan jism berilgan bo‘lsa (shar, kub, parallelepiped va hokazo) uning zichligini topish uchun avvalo jismning massasi tarozida tortib olinadi, xajmi esa jism shakliga bog‘liq holda aniqlanadi. Masalan, shar shaklidagi jismning hajmi V = 4/3 pr3, silindr yoki parallepiped bo‘lsa, V = S× formuladan hisoblanadi. So‘ng (1) formulad yordamida jismining zichligi aniqlanadi.
Agar jismning shakli murakkab bo‘lsa, uning hajmini geometrik formuladan hisoblash mumkin emas. Bu holda Arximed qonunidan foydalanish qulay. Arximed qonuniga binoan biror jism suyuqlikka To‘liq botirilganda o‘z hajmiga teng bo‘lgan suyuqlikni siqib chiqaradi. Tajribada siqib chiqarilgan suyuqlik massasini o‘lchab, zichligi ma’lum bo‘lgan holda (1) formuladan suyuqlik hajmi, ya’ni jism hajmi aniqlanadi.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling