Qattiq jismlarning zichligini aniqlash
Asbobning tuzilishi va ish uslubi
Download 76.5 Kb.
|
QATTIQ JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi 1 - mashq
Asbobning tuzilishi va ish uslubiQattiq jism zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlashda (1-rasm) tekshiriladigan jismni tarozining ilgagiga osib, o‘ng pallaga toshlarni qo‘yish bilan jismning havodagi og‘irlik kuchi aniqlanadi. Uning havodagi og‘irligi R bo‘lsin. Keyin jism tagiga suv To‘ldirilgan idish qo‘yib, unga jism To‘liq botiriladi, bunda jism idish devorlariga va tagiga tegmasligi kerak. Suvga tushirilgan jismning og‘irlik kuchi kamayadi, chunki Arximed qonuniga ko‘ra suyuqlikka botirilgan jism o‘zi siqib chiqargan suyuqlikning og‘irlik kuchiga teng kuch bilan pastdan yuqoriga itariladi. Agar jismining suvdagi og‘irligini R1 deb belgilasak, u holda jism siqib chiqargan suvning og‘riligi quyidagidan topiladi: (2) 1 - rasm Bu og‘irlikni yana bunday ifodalash mumkin: (3) Bunda r0 - suvning zichligi, V0 - siqib chiqarilgan suyuqlikning hajmi. Ikkinchi tomondan bu hajm qattiq jismning hajmiga teng. Agar qattiq jismning massasini m zichligini r bilan belgilasak, u holda jismning hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi: (4) (4) formulani (3) ga quyib,uni (2) chi ifoda bilan taqqoslaymiz: g - erkin tushish tezlanishi. Bundan qattiq jismning zichligi quyidagicha bo‘ladi: (5) Ishni bajarish tartibi 1 - mashq 1. Jismning massasi aniqlanadi. Parallelepiped shaklidagi jismning eni, bo‘yi, uzunligi shtangensirkul yordamida o‘lchanadi: eni - a, bo‘yi – v, - uzunligi. So‘ngra jismning hajmi quyidagi formuladan topiladi: Qattiq jismning zichligi formula yordamida aniqlanadi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi va olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi. 1 - jadval
Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling