Qattiq suyuq va gazsimon yoqilg'I


Download 214.78 Kb.
bet3/6
Sana29.09.2023
Hajmi214.78 Kb.
#1689981
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20 00. Abdulazizov U. QATTIQ SUYUQ VA GAZSIMON YOQILG\'I

Yoqilg‘i namligi. Yoqilg‘ini qazib olish, tashish, saqlash va shu kabilarga bog‘liq ravishda yoqilg‘i namligi o‘zgarib turadi. Masalan, torf uchun 50%, slanetslar uchun 13-17%, tosh-ko‘mir uchun 5-14%, va antratsit uchun 5-8%. Yoqilg‘idagi namlik yoqilg‘i foydali qismini xajmini kamaytirishi jihatidangina emas, balki yonish sohasida bug‘ga aylanishi jihatidan ham zararlidir. Issiqlikning anchagina miqdori bug‘ hosil bo‘lishiga sarflanmagani holda, chiqib ketayotgan gazlar bilan birga chiqadi. Namlik qattiq yoqilg‘i saqlanganda uning o‘z-o‘zidan yonib va uvalanib ketishiga sabab bo‘ladi.

  • Yoqilg‘i namligi. Yoqilg‘ini qazib olish, tashish, saqlash va shu kabilarga bog‘liq ravishda yoqilg‘i namligi o‘zgarib turadi. Masalan, torf uchun 50%, slanetslar uchun 13-17%, tosh-ko‘mir uchun 5-14%, va antratsit uchun 5-8%. Yoqilg‘idagi namlik yoqilg‘i foydali qismini xajmini kamaytirishi jihatidangina emas, balki yonish sohasida bug‘ga aylanishi jihatidan ham zararlidir. Issiqlikning anchagina miqdori bug‘ hosil bo‘lishiga sarflanmagani holda, chiqib ketayotgan gazlar bilan birga chiqadi. Namlik qattiq yoqilg‘i saqlanganda uning o‘z-o‘zidan yonib va uvalanib ketishiga sabab bo‘ladi.
  • Yoqilg‘i kuli. Yoqilg‘i tarkibida kulning bo‘lishi yonish vaqtida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini kamaytiradi, uskunalarning metall qismlarini yemiradi, o‘txonalarning ishlashini qiyinlashtiradi. Kul tarkibiga asosan ishqoriy metallar tuzlari, temir va alyuminiy oksidlari hamda oltingugurt sulpfati kiradi. Bundan tashqari kulda CaCO3, MgCO3 bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘ilar tarkibida kulning miqdori xar-xil bo‘ladi. Masalan quruq yoqilg‘ilar uchun Aq ning qiymati quyidagicha bo‘ladi, %: yog‘och uchun 1, torf uchun 10, toshko‘mir uchun 10-20, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun 30, slanetslar uchun 60. Suyuqyoqilg‘i (mazut) tarkibidahamozmiqdorda (0,2-1%) mineralaralashmabo‘ldi.

Uchuvchan moddalar va koks. Qattiqyoqilg‘ihavosizfazoda 870-1070 K temperaturagacha qizdirilganda undan uchuvchan moddalar ajralib chiqadi. Uchuvchan moddalar tarkibiga azot N2, vodorod H2,kislorod O2, uglerodoksidi CO, uglevodorod gazlari CH4, C2H4 va shu kabilar hamda namlikdan hosil bo‘lgan suv bug‘lari kiradi. Uchuvchan moddalar tarkibi yoqilg‘ini qizdirish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Uchuvchan moddalar yig‘indisi VU­­­­­­­­­ xarfi bilan belgilanadi va faqat yonuvchan massaga taaluqli bo‘ladi. Uchuvchan moddalar slanetsda (VU=90%) va torfda (VU=75%) eng ko‘p bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mirda 40-50%, antratsitda esa 4-6% bo‘ladi.

  • Uchuvchan moddalar va koks. Qattiqyoqilg‘ihavosizfazoda 870-1070 K temperaturagacha qizdirilganda undan uchuvchan moddalar ajralib chiqadi. Uchuvchan moddalar tarkibiga azot N2, vodorod H2,kislorod O2, uglerodoksidi CO, uglevodorod gazlari CH4, C2H4 va shu kabilar hamda namlikdan hosil bo‘lgan suv bug‘lari kiradi. Uchuvchan moddalar tarkibi yoqilg‘ini qizdirish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Uchuvchan moddalar yig‘indisi VU­­­­­­­­­ xarfi bilan belgilanadi va faqat yonuvchan massaga taaluqli bo‘ladi. Uchuvchan moddalar slanetsda (VU=90%) va torfda (VU=75%) eng ko‘p bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mirda 40-50%, antratsitda esa 4-6% bo‘ladi.
  • Chala kokslash jarayoni maxsus pechlarda (havosiz muhitda) amalga oshiriladi, bunda qayta ishlanadigan yoqilg‘i 770-830 K temperaturaga qodir bir me’yorda qizdiriladi. Yuqori temperatura ta’sirida yoqilg‘ining organik qismi parchalanadi, parchalanish mahsulotlari esa, o‘zaro yana kimyoviy reaktsiyaga kirishadi. 770-830 K temperaturada yoqilg‘ining parchalanishi to‘xtaydi va pechda uglerodga aylangan qattiq qoldiq – chala kokslanishning asosiy maxsuloti bo‘lgan chala koks qoladi.

Download 214.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling