Chala koksda ko‘pgina uchuvchan moddalar qoladi. Undan turmushda va energetika maqsadlarida ishlatiladigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Chala kokslanishda hosil bo‘ladigan gazlar – qimmatli yoqilg‘i va keyingi kimyoviy qayta ishlash uchun xom-ashyodir. Masalan, yog‘och va torfni quruq xaydashda olingan suv yana kimyoviy qayta ishlansa, atseton, sirka kislota, metil spirti, formalin va boshqa kimmatli maxsulotlar hosil bo‘ladi. Yoqilg‘ini havosiz muhitda 1275-1375 K temperaturada qizdirib, qayta ishlash jarayoni kokslash deyiladi. Kokslash natijasida 70-80% metallurgiya koksi olinadi, qolgani esa koks gazi, smola va suv bo‘ladi. Koks gazi qayta ishlanib, undan ammiak va boshqa kimyoviy maxsulotlar olinadi. Kokslashda hosil bo‘lgan smola va suv yana qayta kimyoviy ishlanadi. - Chala koksda ko‘pgina uchuvchan moddalar qoladi. Undan turmushda va energetika maqsadlarida ishlatiladigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Chala kokslanishda hosil bo‘ladigan gazlar – qimmatli yoqilg‘i va keyingi kimyoviy qayta ishlash uchun xom-ashyodir. Masalan, yog‘och va torfni quruq xaydashda olingan suv yana kimyoviy qayta ishlansa, atseton, sirka kislota, metil spirti, formalin va boshqa kimmatli maxsulotlar hosil bo‘ladi. Yoqilg‘ini havosiz muhitda 1275-1375 K temperaturada qizdirib, qayta ishlash jarayoni kokslash deyiladi. Kokslash natijasida 70-80% metallurgiya koksi olinadi, qolgani esa koks gazi, smola va suv bo‘ladi. Koks gazi qayta ishlanib, undan ammiak va boshqa kimyoviy maxsulotlar olinadi. Kokslashda hosil bo‘lgan smola va suv yana qayta kimyoviy ishlanadi.
- 1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘i to‘liq yonganda chiqadigan issiqlik miqdori yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) deyiladi (QI, kJ/kg yoki Qi kJ/m3).
- Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi ikki xil: yuqori yonish issiqligi Qiyuva quyi yonish issiqligi Qik bo‘ladi. Yoqilg‘ining massa birligi to‘liq yonganda chiqqan issiqlik miqdori yoqilg‘ining yuqori yonish issiqligi deyiladi, bunda namlikning bug‘lanishiga sarflangan issiqlik hisobga olinmaydi. Yoqilgining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaktsiyaga kirishish jarayonida hosil bo‘lgan namlik hisobga olingan xolatda ajralgan issiqlik miqdori quyi yonish issiqligi deyiladi. 1 kg suv bug‘ining atmosfera bosimida kondensatsiyalanish issiqligi taxminan 2500 kJ/kg ga teng. Ishchi yoqilg‘i tarkibidagi suv bug‘lari miqdori Wi/100 ga teng. 1 kg vodorod yonganda 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi.
- Yoqilg‘ining yonish issiqligi laboratoriya sharoitida kalorimetrik bomba yordamida aniqlanadi. Kalorimetrli bomba, bosimi 3 MPa bo‘lgan kislorod bilan to‘ldirilgan germetik idish 1 dan iboratdir. Idishda massasi 1 g bo‘lgan yoqilg‘i yondiriladi. Bombani suvli idish 2 ga joylashtiriladi va suv temperaturasini ortishi orqali yoqilg‘ining yonish issiqligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |